Yilning eng yaxşi futbolçisi — Vinisius Junior («Real», Braziliya)

Uşbu nominatsiyaga Jud Bellinghem, Dani Karvaxal, Kilian Mbappe, Federiko Valverde («Real»), Erling Holand, Rodri («Mançester Siti»), Toni Kroos, Lionel Messi («Inter Mayami»), Florian Virts («Bayyer») va Lamin Yamal («Barselona») ham da’vogarlik qilgan edi.

FIFA prezidenti Janni Infantino konvertni oçib, braziliyalik futbolçini davrga çaqirdi va sovrinni unga topşirdi.

Yilning eng yaxşi murabbiyi — Karlo Ançelotti («Real»)

Yilning eng yaxşi murabbiyi nomi ham «Real» bilan boğliq böldi. Jamoaning italiyalik ustozi Karlo Ançelottiga Arsen Venger sovrinni topşirdi.

Şuningdek, Pep Gvardiola («Mançester Siti»), Lionel Skaloni (Argentina milliy jamoasi), Luis de la Fuente (Ispaniya milliy jamoasi) va Xabi Alonso («Bayyer») ham nomzodlar qatoridan joy olgandi.

Yilning eng yaxşi darvozaboni — Emiliano Martines («Aston Villa», Argentina)

Argentinalik uşbu darvozabon yaqinda Puşkaş sovrinini ketma-ket ikkinçi marta qölga kiritgan bölsa-da, FIFA tomonidan ham ötgan mavsumning eng yaxşi darvozaboni deb topildi.

Nomzodlar qatorida Andrey Lunin, David Rayya, Ederson, Janluiji Donnarumma, Mayk Menyan va Unai Simon singari darvozabonlar bor edi.

Yilning eng çiroyli goli (Puşkaş mukofoti) — Alexandro Garnaço

«Mançester Yunayted»ning argentinalik yarimhimoyaçisi tomonidan 2023 yilning 26 noyabr kuni «Everton» darvozasiga akrobatik usulda yöllagan supergol kutilganidek, FIFA tomonidan yil goli deb topildi.

FIFA talqiniga köra, ötgan mavsum ramziy jamoasidan quyidagi futbolçilar örin oldi: