Fransiya milliy jamoasi va «PSJ» klubi yarimhimoyaçisi Usmon Dembele FIFA tomonidan 2025 yilning eng yaxşi futbolçisi deb topildi. Avvalroq, u France Football naşri tomonidan «Oltin töp» sohibi deb e’lon qilingan edi. Ötgan mavsumda «PSJ» Fransiya çempionati, Kubogi, Superkubogi, Çempionlar Ligasi va UYeFA Superkubogida ğalaba qozondi, şuningdek, Klublar örtasidagi jahon çempionatida ikkinçi böldi.
Dembele sovrin uçun kuraşda Aşraf Hakimi («PSJ» va Marokaş), Harri Keyn («Bavariya» va Angliya), Kilian Mbappe («Real» va Fransiya), Nunu Mendeş («PSJ» va Portugaliya), Koul Palmer («Çelsi» va Angliya), Pedri («Barselona» va Ispaniya), Rafinya («Barselona» va Braziliya), Muhammad Saloh («Liverpul» va Misr), Vitinya («PSJ» va Portugaliya) va Lamin Yamal («Barselona» va Ispaniya) kabi futbolçilarni ortda qoldirdi.
«Eng yaxşi murabbiy» nominatsiyasida «PSJ» klubining ispaniyalik boş murabbiyi Luis Enrike ğolib böldi. U sovrin uçun kuraşda Xaviyer Agirre (Meksika), Mikel Arteta («Arsenal»), Hans-Diter Flik («Barselona»), Enso Mareska («Çelsi»), Roberto Martines (Portugaliya) va Arne Slot («Liverpul») kabi murabbiylarni ortda qoldirdi.
Yilning eng yaxşi darvozaboni nominatsiyasida Janluiji Donnarumma («PSJ»/«Mançester Siti» va Italiya) e’tirof etildi. U sovrin uçun kuraşda Alisson Bekker («Liverpul» va Braziliya), Tibo Kurtua («Real» va Belgiya), Emiliano Martines («Aston Villa» va Argentina), Manuel Noyyer («Bavariya» va Germaniya), David Rayya («Arsenal» va Ispaniya), Yan Zommer («Inter» va Şveytsariya) va Voysex Şçensni («Barselona» va Polşa) kabi futbolçilarni ortda qoldirdi.
Tarixda ilk bor Çempionlar Ligasida ğolib çiqqan «PSJ» klubining 5 nafar futbolçisi 2025 yil yakunlariga köra FIFA ramziy terma jamoasiga kiritildi.
The Best marosimida yil jamoasi tarkibiga quyidagi futbolçilar kiritildi: Janluiji Donnarumma («PSJ»/«Mançester Siti»), Aşraf Hakimi, Villian Paço (ikkalasi ham «PSJ»), Virjil van Deyk («Liverpul»), Nunu Mendeş («PSJ»), Koul Palmer («Çelsi»), Jud Bellingem («Real»), Vitinya («PSJ»), Pedri, Lamin Yamal (ikkalasi ham «Barselona»), Usmon Dembele («PSJ»).
Ötgan mavsumning eng çiroyli goli











