Xorazm viloyatining Qöşköpir tumanida Mustaqillik bayrami arafasida kam daromadli oilalar farzandlarining sunnat va nikoh töylari ötkazildi, şuningdek 32ta oilaga yangi uy-joylar topşirildi, deb xabar beradi Kun.Uz muxbiri.

31 avgust kungi tadbirlar Az-Zamaxşariy nomidagi madaniyat va istirohat boğida boşlandi. Unda 35 metr balandlikdagi Özbekiston Respublikasi bayroğining oçiliş marosimi ötkazildi. Tantanali tadbirda Qöşköpir tumani hokimi Jörabek Rahimov, davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari, mehnat faxriylari, tuman faollari, yoşlar va öquvçilar iştirok etişdi.

Şundan söng, tuman faollari «Adolat» va «Xosiyon» mahallalarida yangi uylarni egalariga topşiriş marosimiga yöl olişdi. Bayramona ruhda ötgan tadbirda har bir mahalladan 16ta kam daromadli, ehtiyojmand oilalarga uylarning kalitlari, sertifikati va sovğalari tantanali tarzda topşirildi. Ular Istiqlol ayyomini yangi uy-joylarda, şod-u hurramlik bilan nişonlaydigan bölişdi.

Bayramona tadbirlar «Jannatmakon» töyxonasida davom ettirildi. U yerda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 8 nafar farzandining sunnat töyi ötkazildi. Har bir bolaga 1 million sömlik omonat daftarçasi topşirildi. Şuningdek, kam ta'minlangan 2ta oila farzandlarining nikoh töyi ham ötkazildi. Yangi oilalarga kir yuviş maşinasi sovğa qilindi.

Bundan taşqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bölgan 11 nafar fuqaroga aravaça va sovğalar hadya qilindi.

Nurmuhammad Said