2019 yilning 31 avgust kuni soat 16:53da Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani “A.Bötayev” MFYda joylaşgan “Jarqörğon servis” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida “Damas” rusumli avtomobili yonayotganligi haqida yonğin-qutqaruv qismiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 2ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga soat 17:00da yetib borgan va körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 17:03da qurşab olinib, soat 17:15da töliq öçirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Hodisa oqibatida “Damas” rusumli avtomobil töliq yonib zararlangan. Yonğinni taxminiy sababi avtomobilga siqilgan gazni töldirgandan söng gaz şlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketişi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.












