GAZ guruhi Comtrans 2019 körgazmasida yangi avloddagi yengil tijoriy avtomobil “Gazel NN”ni taqdim qildi.
Guruh prezidenti Vadim Sorokinning aytişiça, yangi model ilk “Gazel”ning 25 yilligiga işlab çiqarilgan va yuqori xavfsizlik darajasi, haydovçining kam toliqişi va iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydigan “sun'iy platforma”ga egaligi bilan ijobiy farqlanadi.
“Gazel NN” bu haydovçiga yordam beruvçi 30 ta tizim, yuqori şinamlik, universallik va egalik qilişning past narxi”, deb aytgan Sorokin.

Ma'lum qilinişiça, “Gazel NN”ning yangi plaftormasi ham içki yonuv dvigateli, ham elektr motor qöllaşga moslaştirilgan. Haydovçi kabinasi “umuman yangi interer” olgan, u öz içiga 20 ta sozlamaga ega haydovçi örindiği, klimart-kontrol, 9 dyuymli ekranga ega multimedia tizimi, kalitsiz boşqariş va dvigatelni yoqiş imkoniyatini oladi.
Avtomobilni 2020 yildan seriyali işlab çiqariş, 2021 yilda sotuvga çiqariş rejalaştirilgan.

Kompaniya körgazmada şuningdek “Sadko NEXT” yuk yöltanlamasi, GAZ elektrobusi, ikki turdagi tabiiy gazda işlovçi “GAZon NEXT 10” hamda modernizatsiya qilingan “Sobol 4x4”ni taqdim qilgan.













