Samarqandda joriy yil 9-10 iyul kunlari hadis ilmi maktabiga qabul imtihonlari ötkazilgandi. Imtihonlarda qatnaşgan 100 nafarga yaqin talabgorlar orasidan 12 nafar iqtidorli yoşlar saralanib, oliygoh maqomidagi mazkur maktabga qabul qilindi.

Bugun, 5 sentyabrdan mazkur maktabda ilk öquv yili boşlandi. Bu haqda Özbekiston Musulmonlar idorasi Samarqand viloyat vakilligi Kun.uz`ga ma'lum qildi.

2018 yil 16 apreldagi «Diniy-ma'rifiy soha faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoniga köra, Özbekiston musulmonlari idorasi muassisligida Samarqandda hadis ilmi maktabi taşkil etilgandi.

Maktabdagi ta'lim jarayonining bugungi oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita vakili, Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari ham iştirok etgan.