Xalq ta'limi vazirligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi 666-sonli qaroriga kiritilgan özgarişlar böyiça maxsus axborot bilan çiqdi.
2018 yil 19 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida 509-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur hujjat bilan 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarorning 3-bandidagi va 7-bandlarigagina özgartiriş kiritilgan.
Mazkur qarorga köra, yagona maktab formasi 2019-2020 öquv yilidan emas, balki 2024-2025 öquv yilidan boşlab joriy etiladi.
Qayd etilişiça, 509-sonli qaror Vazirlar Mahkamasining «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida» 2018 yil 15 avgustdagi 666-son qarori bilan tasdiqlangan «Davlat umumiy örta ta'lim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisidagi nizomi» hozirgi kunda ham amalda.
Şu bois, Xalq ta'limi vazirligi öquvçilardan mazkur nizom talablariga rioya etişlarini söragan.
Eslatib ötamiz, bundan oldin Xalq ta'limi vazirligi maktab formasi böyiça ota-onalarga murojaatnoma bilan çiqqandi.








