«Zenit» hujumçisi Aleksandr Kokorin va «Krasnodar» yarimhimoyaçisi Pavel Mamayev ahloq tuzatiş koloniyasidagi tikuvçilik sexida işlaydigan bölişdi.
«Rossiya-1» telekanali xabariga köra, futbolçilar jazo muddatini ötaş davrida haftasiga 6 kun, 8 soat davomida işlaydilar. Ular bir martalik foydalaniladigan kostyumlarni öraş bilan şuğullanişadi.
Kokorin va Mamayevga 11 280 rubl (taxminan 170 dollar) miqdorida maoş tölanadi. Barça soliqlar çiqarib taşlangaç, ularning qölida 9300 rubl (taxminan 140 dollar) qoladi.
Eslatib ötamiz, Kokorin va uning ukasi Kirill, Mamayev va uning dösti Aleksandr Protasovitskiy 2018 yil 8 oktabr kuni Moskva markazida 2ta muştlaşuvda iştirok etib, Minpromtorg mulozimi Denis Pak va haydovçi Vitaliy Solovçukni döpposlaşgan edi.
8 may kuni Moskvaning Presnya sudi aka-uka Kokorinlarni 1 yilu 6 oy, Mamayev va Protasovitskiyni 1 yilu 5 oylik qamoq jazosiga mahkum qildi.












