Qayd etilişiça, poytaxtning Sayilgoh köçasida joylaşgan, XIX asrga oid betakror arxitektura yodgorligi bölgan (sobiq erkaklar va ayollar gimnaziyasi) Toşkent davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan örganilgan.
Bunda, tegişli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teşilib qayd etiş taxtaçalari örnatilgani va atroflari böyalgani, sovitkiç (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar örnatilgani aniqlangan.
Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilişi holatlarini bartaraf etiş töğrisidagi körsatma bajarilmagani sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilib, sudga taqdim qilingan.
Jinoyat işlari böyiça Yunusobod tuman sudining 31.03.2022 yilgi qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qöllanilgan.
Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi mahkama xabarida.

















