Bugungi kunda Toşkent davlat yuridik universitetiga öqişga kirişda abituriyentlar 2 ta bölimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topşiradi. 

Bular: 1-bölimda barça yönalişlar uçun majburiy 3 ta fan – Ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi; 2-bölimda “yurisprudensiya” ta'lim yönalişi böyiça 2 ta fan – tarix va çet tili fanlari.

2023/2024 öquv yilidan boşlab, TDYuUga öqişga kirişda test sinovlarining 2-bloki, ya'ni “yurisprudensiya” bakalavriat ta'lim yönalişiga mos fanlar böyiça tarix fani örniga huquqiy fanlarni kiritiş masalasi universitet kengaşida körib çiqilgan va ma'qullangan.

Bildirilişiça, mazkur taklifning joriy etilişi quyidagi qator natijalarga xizmat qiladi:

  • maktab yoşidanoq bolalarni huquqiy fanlarni çuqur özlaştirişga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta örganişga;
  • maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilişiga;
  • huquqşunoslik fanlaridan ta'lim beruvçi öqituvçilarga nisbatan qöyiladigan talablar oşişi natijasida ularning malakasini doimiy oşirib borişi uçun mustahkam zamin yaratiladi;

TDYuUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yoş avlod vakillari kirib kelişiga erişiladi.

Bugungi kunda umumiy örta ta'lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda davlat va huquq asoslari hamda konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari öqitib kelinmoqda. Test savollari uşbu darsliklar asosida tuziladi.