Davlat test markazi xabariga köra, test sinovlari 2ta mutaxassislik fani va çet tilidan (ingliz, nemis, fransuz) ötkaziladi. Bunda talabgorlarga har bir fandan 25tadan, jami 75ta test topşiriği va ularni işlaş uçun 2 soat-u 30 daqiqa vaqt ajratiladi.
Çet tili böyiça B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga ega talabgorlar çet tili böyiça imtihondan ozod qilinadi va ularga şu fan doirasida oliş mumkin bölgan maksimal ball beriladi. Ularga test sinovida 2ta mutaxassislik fani uçun 1 soat-u 40 daqiqa vaqt ajratiladi.
Test sinovlarida töplaş mumkin bölgan maksimal ball – 207,5 ball bölib, mutaxassislik fanlari böyiça har bir töğri javob uçun 3,1 balldan (jami 155 ball), çet tili fani böyiça esa 2,1 balldan (jami 52,5 ball) beriladi.
Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani 18 avgust kuni soat 15:00dan boşlab Davlat test markazining magistr.dtm.uz saytidan olişi mumkin böladi.
Talabgorlardan test sinovi ötkaziladigan hududga şaxsini tasdiqlovçi hujjat va test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnoma bilan soat 18:30dan keçikmagan holda keliş söralgan.


















