Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (Yagona portal) törtta yangi onlayn davlat xizmatlarini işga tuşirildi. Bu haqda Loyiha boşqaruvi milliy agentligi xabar bermoqda.

Xorijiy davlatlarda berilgan ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliniş jarayonini takomillaştiriş maqsadida, 2019 yil 1 sentyabrdan quyidagi davlat xizmatlari işga tuşirildi:

- Xorijiy davlatda ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatni tan oliş va nostrifikatsiyalaş (ekvivalentligini qayd etiş) uçun elektron ariza yuboriş;

- Xorijiy davlatlarda umumiy örta va örta ta'lim olganlik töğrisidagi hujjatlarni tan oliş uçun ariza yuboriş.

Ikki xizmat ham faqatgina elektron körinişda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali körsatiladi.

Bundan taşqari, intellektual mulk sohasida davlat boşqaruvini yanada takomillaştiriş, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş maqsadida, şuningdek 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olib, 2019 yil 1 sentyabrdan Tovar belgisini röyxatdan ötkaziş uçun taqdim etiladigan talabnomalar  faqat elektron şaklda Yagona portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilina boşlandi.

Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 avgustdagi «Yer osti suvlariga quduqlarni burğilaş uçun ruxsatnoma beriş böyiça davlat xizmatlarini körsatiş jarayonini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi 672-son qarori ijrosini ta'minlaş maqsadida, 2019 yil 1 sentyabrdan  Yer osti suvlariga quduqlarni burğilaş uçun ruxsatnoma oliş uçun arizalar faqat elektron şaklda Yagona portal yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinişni boşladi.