Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasi norezidentlari iştirokida qimmatli qoğozlarga doir bitimlarni tuziş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Nizomga köra, hisob-kitob-kliring palatasining investitsiya vositaçilari bilan özaro munosabati hisob-kitob-kliring xizmati töğrisidagi şartnoma va savdolar taşkilotçisining qoidalariga muvofiq amalga oşiriladi.

Qimmatli qoğozlarni sotib oliş va sotiş bitimlari böyiça buyurtmalardagi narxlar faqat Özbekiston Respublikasi milliy valutasida körsatiladi.

Norezident qimmatli qoğozlar oluvçisi qimmatli qoğozlar qiymatini milliy valutadagi pul mablağlari bilan, çet davlatdan pul mablağlari kelib tuşganda esa çet el valutasida ham tölaşga haqli.

Qimmatli qoğozlarga doir bitimlar böyiça hisob-kitoblar “tölovga qarab yetkazib beriş” prinsipi asosida amalga oşiriladi.

Çet el valutasidagi pul mablağlarining hisobini yuritiş va saqlaş qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat körsatuvçi bankda oçiladigan investitsiya vositaçisining alohida hisobvarağida amalga oşiriladi.

Norezidentlar iştirokida çet el valutasida qimmatli qoğozlarning oldi-sotdi bitimlari böyiça hisob-kitoblar va tölovlar naqd pulsiz şaklda, şu jumladan bank kartalaridan foydalangan holda amalga oşiriladi.

Norezidentlar – yuridik şaxslar uyuşgan savdolarda qimmatli qoğozlarni sotib oliş (sotiş) uçun Özbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisobvaraqlar oçiş va çet el valutalarini sotib oliş (sotiş) huquqiga ega.

Investitsiya vositaçisi mijoz – norezident bilan tuzilgan şartnomaga asosan tijorat banklariga mijoz – norezident nomidan va hisobidan çet el valutasini sotib oliş (sotiş)ga buyurtmalar beriş huquqiga ega.

Jismoniy şaxsning pul mablağlarini qimmatli qoğozlarni sotib oliş uçun investitsiya vositaçisining alohida hisobvarağiga ötkazişda, tölov topşiriqnomasining “Tölovçining nomi” ustunida jismoniy şaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi töliq körsatiladi, tölov agentlik tarmoği orqali tölovlarni amalga oşiriş hollari bundan mustasno.

Jismoniy şaxs pul mablağlarini investitsiya vositaçisining alohida hisobvarağiga ötkaziş uçun tölov topşiriqnomasidagi “Tölov maqsadi” ustunida pasport seriyasi va nomeri, investitsiya vositaçisi bilan tuzilgan şartnomaning sanasi va nomeri körsatilişi kerak, tölov agentlik tarmoği orqali tölovlarni amalga oşiriş hollari bundan mustasno.