Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albanlarga Fransiyaga qarshi o‘yindan avval boshqa davlat madhiyasini qo‘yishdi. Ular o‘ynashdan bosh tortishdi
2020 yilgi Yevropa chempionati uchun saralash bosqichi doirasidagi Fransiya – Albaniya uchrashuvi tashkilotchilari mehmonlar jamoasi uchun madhiya tanlashda adashib ketishdi.
O‘yin arafasida albanlar madhiyasi o‘rniga Andorra madhiyasi yangragan. Bu holat albaniyalik muxlislar tomonidan hushtakbozliklar bilan qarshi olingan.
Albaniyalik futbolchilar esa madhiyaning to‘g‘ri varianti qo‘yilmagunicha o‘yinni boshlashdan bosh tortishgan. Keyin stadion suxandoni xatolik uchun uzr so‘ragan, ammo albaniyaliklardan emas, armanistonliklardan.
Natijada, Parijdagi «Sen-Deni» stadionidagi o‘yin biroz kechroq boshlangan.
It’s OK now. pic.twitter.com/ChN0kWlqaa
— 6 TIMES (@kloppoynwa) September 7, 2019
Uchrashuv maydon egalarining 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Fransiya terma jamoasi saralashning H guruhida 5 turdan keyin 12 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinda bormoqda, albanlar 6 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.
Mavzuga oid
17:38 / 16.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi
13:27 / 16.06.2026
Toshkentda O‘zbekiston–Albaniya sammiti bo‘lib o‘tdi
08:49 / 16.06.2026
Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
20:32 / 03.06.2026