DW xabariga köra, 15-oktabr kuni Tiranada uçinçi kun ketma-ket namoyişçilar va politsiya örtasida keskin töqnaşuvlar yuz bergan. Norozilik aksiyalari Şkoder, Korça va mamlakat janubidagi sohil şaharlarida ham ötkazilgan.

Tiranada ayrim namoyişçilar toş otgan, dökonlar oynalarini sindirgan, tösiqlar qurib, çiqindi qutilarini yoqqan. Politsiya ularga qarşi suvpurkagiçlar va közdan yoş oqizuvçi gaz qöllagan.

Şkoderda şahar hokimiyati binosining oynalari sindirilgan, hukmron Sotsialistik partiya hamda muxolifatdagi Demokratik partiya ofislari toşböron qilingan. Korçada esa maktab binolarining oynalari sindirilib, köçalar tösib qöyilgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi maʼlumotiga köra, 14-oktabr kuni şifoxonalarda 89 kişiga, jumladan, 61 nafar politsiya xodimiga tibbiy yordam körsatilgan. Politsiya şu kuni xodimlar, davlat idoralari va mulkka hujumlar bilan boğliq holatlar yuzasidan 65 kişi qölga olinganini bildirgan. Bir kun avval yana ön kişi uşlangani xabar qilingan.

Namoyiş iştirokçilari yuqori öqiş tölovlari, universitetlardagi yomon şaroitlar va yaşaş xarajatlarining oşişidan norozi. Ular 15-oktabr kuni boş vazirdan soat 13:00 gaça isteʼfoga çiqişni talab qilgan. Hukumat bu talabga munosabat bildirmagan.

Edi Rama esa Tiranadagi universitet kampusida yonib ketgan ofisni közdan keçirgani aks etgan videoni eʼlon qilgan. U vayronagarçiliklarni talabalar qilganiga şubha bildirib, zöravonlik uçun muxolifatni ayblagan.

Albaniyada may oxiridan buyon hukumatga qarşi norozilik aksiyalari muntazam ötkazib kelinmoqda. Ularga turtki bölgan masalalardan biri - sohildagi muhofaza etiladigan tabiiy hududda haşamatli mehmonxona quriş rejasi.

DW maʼlumotiga köra, loyiha Donald Trampning qizi Ivanka Tramp va uning turmuş örtoği Jared Kuşner bilan boğliq. Namoyişçilar loyiha yuzasidan qarorlar qabul qilişda şaffoflik yetişmasligi va ehtimoliy korrupsiyaga qarşi ham çiqmoqda.