Fazilatli şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh qalamiga mansub «Tafsiri Hilol» kitobining navbatdagi adadi naşrdan çiqiş arafasida.

7 sentabr kuni «Nilol-nashr» naşriyotining boş dökoni va barça filiallarida «Tafsiri Hilol» kitobining navbatdagi 5000 nusxalik naşri uçun röyxatga oliş bölib ötdi. Kitobning nashr etilişi esa sentabr oyi oxirlariga rejalaştirilgan. 

Uşbu mötabar kitob şu vaqtga qadar «Nilol-nashr» naşriyoti tomonidan 6 marotaba çop etilgan bölişiga qaramasdan yurtdoşlarimiz orasida unga bölgan talab susaymagan. Buni eşik oldida navbatga turgan yurtdoşlarimiz sonidan ham bilib olsa böladi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

 Aslini olganda uşbu naşriyot tomonidan çop qilingan boşqa kitoblarga ham turnaqator navbatlar bölişiga könikib qolganmiz. Ammo bunisi özgaça desak ham böladi. Çunki avvallari tayyor kitobni oliş uçun kutayotgan insonlarni körgan bölsak, bu safar deyarli bir oydan söng nashr qilinişi kutilayotgan kitobga navbat oliş uçun turgan yurtdoşlarimizni körib, bu yurtdan yana buyuk allomalar yetişib çiqişiga umid qilasan kişi.

Naşriyot boş muharriri Yorqin Haydarovning aytişiça, Şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qalamiga mansub uşbu tafsir yozilişi 90 yillarda boşlangan. Uning kattagina qismi hazrat Madinada ekanida yozilgan bölib, zamonaviy özbek tilidagi sönggi tafsirlardan biridir.