Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik aktyorning 23 dan ko‘proq qarindoshi Bahamada bedarak yo‘qoldi
92 yoshli amerikalik aktyor Sidni Puate jiyani oilasining 23 nafardan ko‘proq a'zosi Bahamadagi dovuldan keyin bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Aktyorning jiyani 66 yoshli Jyeffri Puatening xabar berishicha, uning Bahama orollarida yashovchi yaqinlari, jumladan singlisi va uning farzandlaridan bir necha kundan beri hech qanday xabar yo‘q.
Erkakning ta'kidlashicha, u umidni so‘ndirmayapti va yaqinlari bilan imkoni bor barcha yo‘l bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda, ammo uning urinishlari hozircha besamar ketmoqda.
Ayni vaqtda u o‘z oilasini qidirgani Bahamaga yo‘l olmoqchi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Bahamada “Dorian” dovuli sababli 44 kishi halok bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat qurbonlari aslida yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin, biroq hozir ularning jasadlarini topish imkonsizga aylangan, chunki okeanga chekingan suv o‘z ortidan barcha narsani olib ketgan.
Mavzuga oid
14:30 / 30.09.2024
O‘zbekiston va Bahama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
11:38 / 05.11.2023
«Dorian»dan «Nargiz»gacha: Nega to‘fonlarga ayollar nomi beriladi?
10:47 / 12.09.2019
Bahamada «Dorian» dovuli sababli 2,5 ming kishi bedarak yo‘qoldi
08:14 / 05.09.2019