2019 yilning 7 sentabr kuni soat 18:38da Farğona viloyati Uçköprik tumani Yakkamulla MFYda joylaşgan “SILK ROAD GAS SERVICE” MÇJga qaraşli avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçasida avtomobil yonayotganligi haqida yonğin-qutqaruv qismiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotida aytilişiça, xabar asosida voqea joyiga 2ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Bölinmalar çaqirilgan manzilga soat 18:48da yetib borgan (eng yaqin yonğin-qutqaruv qismigaça masofa 10 km) va körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin soat 18:50da qurşab olinib, soat 18:53da töliq öçirilgan.
Tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq. Hodisa oqibatida “Kia Forte” rusumli avtomobil töliq yonib zararlangan. Yonğinni taxminiy sababi - avtomobilga siqilgan gazni töldirgandan söng gaz şlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketişi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

















