Tennis böyiça AQŞ oçiq çempionati finalida rossiyalik Daniil Medvedev ispansiyalik Rafael Nadalga mağlub böldi. 

Musobaqaning 5-raqamli tennisçi Medvedev Nadalga 5:7, 3:6, 7:5, 6:4, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uçraşuv 4 soat 49 daqiqa davom etgan. Sportçilar özaro 2-marta uçraşişdi va navbatdagi marta Nadalning qöli baland keldi. 

Professional tennisçilar reytingida 2-örinni egallayotgan 33 yoşli Nadal US Open’ning 4 karra ğolibiga aylandi. Uning hisobida şuningdek Roland Garros’da 12 ta, Uimbldonda 2 ta va Avstraliya oçiq çempionatida bitta ğalaba bor. Şu tariqa, ispaniyalik Katta dubulğa musobaqalarining 19-karra ğolibiga aylandi. U bu körsatkiç böyiça faqatgina şveysariyalik Rojyer Federerdan (20 ta ğalaba) ortda qolmoqda.  

Medvedev 2005 yildan beri Katta dubulğa musobaqasi finaliga çiqa olgan ilk rossiyalik böldi. Oxirgi marta bunday imkoniyatga Avstraliya oçiq çempionatida Marat Safin ega bölgandi. Şuningdek, US Open’da ğalaba qozongan yagona rossiyalik erkak tennisçi ham Safin hisoblanadi.

AQŞ oçiq çempionati Katta dubulğa musobaqalarining mavsumdagi törtinçi va yakuniy musobaqasi hisoblanadi. Joriy yilda uning mukofot jamğarmasi 57 mln dollarni taşkil qildi. Uşbu summadan ğolibga 3,85 mln dollar, finalçiga 1,9 mln dollar beriladi. 

7 sentyabrda musobaqaning ayollar örtasidagi finalida 19 yoşli kanadalik Byanka Andreyesku afsonaviy Serena Uilyamsni mağlub eta olgandi.