Yevroittifoq maxsus fond orqali Turkiyadagi qoçoqlarni qöllab-quvvatlaş uçun rejalaştirilgan 6 milliard yevrodan 5,6 milliard yevrosini ajratdi. Bu haqda Yevrokomissiya matbuot xizmati vakili xabar qildi.
"YeI öz majburiyatlarini bajarişda davom etmoqda. Turkiyadagi qoçoqlar uçun fond orqali Yevroittifoqning 6 milliard yevro mablağidan 5,6 milliardi ötkazildi, qisqa vaqt içida qolgan mablağ ham ötkazib beriladi", - dedi Yevrokomissiya vakili.
2015 yilda Yevrokengaş taşabbusi bilan Turkiyadagi qoçoqlarni qöllab-quvvatlaş uçun fond taşkil etilgandi. Uşbu fondning umumiy budjeti 6 milliard yevroni taşkil etadi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdöğan Turkiya suriyalik qoçoqlarni joylaştiriş masalasida xalqaro qöllab-quvvatlov olmasa, Anqara ularga Yevropaga ötiş yölini oçib yuborişini aytgandi.









