Apple kompaniyasi 10 sentyabrda “Stiv Jobs nomidagi teatr”da belgilangan tadbirda yangi modeldagi uçta iPhone’ni va yana boşqa yangi qurilmalarini tavdim qiladi.   

Appleinsider saytida ma'lum qilinişiça, kompaniya smartfonlarga yangi nom berişda uzoq öylab ötirmay, oxirgi modelida qöllagan X rim raqamidan keyin odatiy raqamlarga ötişga qaror qilib, yangi qurilmalarini  iPhone 11 (yangilangan XR), iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max deb nomladi.

Toşkent vaqti bilan soat 22:00da boşlanadigan taqdimot “Innovatsiyalar tufayligina” (By Innovations Only) deb nomlangan.

Ma'lum qilinişiça, yangi iPhone’larning Pro-versiyalari uç kamerali (zum, standart va keng burçakli) böladi. Ulardan har birining suratga oliş qobiliyati 12 Mpni taşkil qiladi. 

Har uçala obektiv bir vaqtda suratga oladi, yangi dasturiy ta'minot esa suratni avtomatik korreksiya qiladi. Yangi tizim professional kameralar darajasida yuqori sifatli suratlar olişga imkon beradi. Yoruğlanganlik past darajada bölganda suratga oliş sifati yaxşilanadi.

Foto: Twitter\MarcRumos

Selfi-kamera 12 Mpgaça oşiriladi. Yangilangan yuzni taniş tizimi Face ID smartfon egasini har tomondan taniy oladi. Endi smartfonni blokdan çiqariş, xabar yoziş uçun uni yuz oldiga olib keliş şart bölmaydi.

Smartfonlardan kutilayotgan yana bir funksiya AirPods quloqçini yoki Apple Watch soatini smartfon orqasiga qöyib simsiz quvvatlaş hisoblanadi. Şuningdek, yangi ayfonlar korpusi mustahkamroq va suvga çidamliroq böladi. 

Smartfonlar yangilangan OLED-ekranlar oladi. Ularda ekranni bosiş kuçini ölçovçi 3D Touch texnologiyasi yangi Haptic Touch texnologiyasiga almaştiriladi.

iPhone XR vorisi qöş kamera oladi. Barça smartfonlar A13 protsessorida işlaydi. Yangi ayfonlar 5G tarmoqlarini qöllab-quvvatlamaydi, bunday imkoniyat 2020 yilgi modellardagina paydo böladi.

Şuningdek, kompaniya iPad Pröning yangi modellarini va maktablar uçun hamyonbop iPad’ni namoyiş qiladi. Planşetlar modernizatsiyalangan kameralar va tezkor protsessorlar oladi. 

Kompaniyaning aqlli soatlari biroz yangilanib, watchOS 6 operatsion tizimi va titan hamda keramikadan işlangan yangi korpuslar oladi.