Atom energiyasidan tinçlik maqsadlarida foydalaniş töğrisidagi qonun e'lon qilindi. Mazkur qonun Qonunçilik palatasi tomonidan 2019 yil 2 iyulda qabul qilingan bölib, 2019 yil 23 avgustda Senat tomonidan ma'qullangan.

Hujjatda belgilanişiça, atom energiyasidan foydalanişning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: 

fuqarolarning hayoti va soğliğini, jismoniy hamda yuridik şaxslarning mol-mulkini himoya qiliş, şuningdek atrof-muhitni muhofaza qiliş ustuvorligi;

xavfsizlikning ta'minlanişi;

axborotning oçiqligi hamda yadroviy qurol va boşqa yadroviy portlovçi qurilmalar işlab çiqarişning taqiqlanişi. 

Qonunda körsatilişiça, atom energiyasidan foydalaniş obektlari davlat mulkida yoki Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan yuridik şaxslar mulkida bölişi mumkin. Davlat mulkida yoki yuridik şaxslar mulkida bölişi mumkin bölgan atom energiyasidan foydalaniş obektlarining röyxati Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.

Mazkur qonunga köra, Özbekiston Respublikasi yuridik şaxslarining yadroviy materiallarga, şuningdek işlatib bölingan yadroviy yoqilğiga bölgan mulk huquqini çet davlatga yoki çet davlatning yuridik şaxsiga ötkaziş töğrisidagi bitimlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelişilgan holda tuziladi. 

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi atom energetikasi sohasidagi vakolatli davlat boşqaruvi organi hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy, konstruktorlik va loyihalaştiriş taşkilotlari atom energiyasidan foydalaniş sohasidagi davlat boşqaruvi böyiça alohida vakolatlarga ega bölgan davlat organlari, muassasalari va taşkilotlaridir.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş, Geologiya va mineral resurslar, Davlat bojxona qömitalari, Favqulodda vaziyatlar, Soğliqni saqlaş, Quriliş, Içki işlar, Mudofaa vazirliklari, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya atom energiyasidan foydalaniş xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soliş böyiça alohida vakolatlarga ega bölgan davlat organlari etib belgilandi.