Vazirlar Mahkamasining qaroriga köra, Atom energetikasi sohasida bilim va malakalar mintaqaviy markazi Toşkent şahridagi «MMFI» Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali tarkibida alohida tarkibiy bölinma sifatida taşkil etiladi.

Hujjatga muvofiq, markaz Markaziy Osiyo davlatlari mutaxassislari uçun atom energetikasi obektlarini loyihalaştiriş, quriş va xavfsiz ekspluatatsiya qiliş böyiça xalqaro standartlarga mos öquv modullari hamda amaliy treninglar taşkil etadi. Şuningdek, zamonaviy öquv laboratoriyalari va atom elektr stansiyasi simulyatorlari bazasida öquv maşğulotlari ötkaziladi.

Markazning asosiy vazifalari qatoriga milliy yadroviy infratuzilmani rivojlantiriş böyiça ekspert-konsalting xizmatlari körsatiş, atom energetikasi sohasida mintaqaviy kadrlar zaxirasini şakllantiriş, talabalar va yoş olimlarning akademik almaşinuvini qöllab-quvvatlaş hamda Özbekistonning atom energetikasi tajribasini mintaqa davlatlariga tarqatiş kiradi.

Qarorga muvofiq, bir oy muddatda markaz töğrisidagi nizom va taşkiliy tuzilma tasdiqlanadi, uç oy içida esa uni malakali kadrlar bilan töldiriş çoralari köriladi.