Bugun, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Video: Youtube

Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişdi.

Tadbirda çorva hayvonlari uçun ozuqa zaxirasi yaratiş dolzarb vazifa ekanligi, ammo köpgina tumanlarda mutasaddilar tomonidan fermer xöjaliklari maydonlarida ozuqabop ekinlar ekiş va yetiştirişga nisbatan qarşilik körsatiş holatlari davom etayotgani, fermer öz xöjaligida ekinlarni erkin joylaştira olmasligi, ozuqa zaxirasi yetişmasligi esa öz örnida göşt va sut mahsulotlari narxiga ham ta'sir ötkazişi borasida murojaat qilindi.

«Göşt narxi nega qimmatlab ketyapti deb öylaysizlar? Töğri, ozuqa yetişmasligi birinçi sabab, ikkinçidan, bugun biz juda köp göşt iste'mol qilyapmiz. Şunçalik köp göşt yemoqdamizki, buning natijasida köpgina kasalliklar paydo bölyapti. Buni «Amerika kasalligi» deyişadi, bu kasallik menda ham bor, hammamizning tanamizda ortiqça göşt bor. Men faqat göştni aytmayapman, ovqatlaniş madaniyatimiz yöq.

Siz aytgan ozuqa zaxirasi böyiça bu yil birinçi bor Prezident qarori asosida paxtaçilik xöjaliklarining 10 foiz maydonida beda ekini yetiştirişga ruxsat berildi. 

Endilikda fermer boşqa ekinlar böyiça belgilangan hosildorlikni ta'minlasin va 10 foiz maydonda çorva uçun ozuqa ham eksin», deya  Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Xayitovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.