Içki işlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisidagi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, içki işlar organlarining xizmat itlari naslçilik pitomnigi, kinologiya xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimlari hamda tumanlararo kinologiya guruhlari taşkil etildi, ularning vazifalari belgilandi.

Qarorga köra: 

oğir, öta oğir, şaxsga qarşi jinoyatlarni xizmat itlari iştirokida foş etgan kinologiya xodimiga mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining ikki baravari miqdorida pul mukofoti beriladi;

kinologiya bölinmalari xodimlari uçun har yili Içki işlar vazirligi Akademiyasida sirtqi ta'lim olişga qabul qilinadigan xodimlar umumiy sonining bir foizi miqdorida qabul kvotasi ajratiladi.

Qaror bilan Içki işlar vazirligining alohida xizmat körsatgan xodimlar uçun “3 - toifali kinolog”, “2 - toifali kinolog” va “1 - toifali kinolog” idoraviy kökrak nişonlari ta'sis etildi.

Şuningdek, qaror bilan kinolog xodimlarga qöşimça ustama tölanadigan maxsus malaka toifasi beriş tartibi töğrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga köra, maxsus malaka toifasi uçun tölov mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining:

“3 - toifali kinolog” uçun – bir baravari miqdorida;
“2 - toifali kinolog” uçun – ikki baravari miqdorida;
“1 - toifali kinolog” uçun – uç baravari miqdorida belgilandi.