Mamlakatimizning eksport salohiyatini oşiriş, tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va iqtisodiy tarmoqlarni barqaror işlaşi uçun unumdorlik hamda sifat darajasini kötariş maqsadida, Namangan şahar "Istiqbol" elektr ta'minoti korxonasi binosi zamonaviy jahon standartlariga mos ravişda töla ta'mirdan çiqarildi va foydalanişga topşirildi.

— “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Uluğbek Mustafoyev taşabbusi bilan Toşkent şahar Yaşnobod tuman elektr tarmoqlari korxonasida ötkazilgan seminarda respublika böylab elektr energiyasi iste'molçilari uçun namunaviy xizmat körsatiş vazifasi qöyilgan edi. Şu munosabat bilan mazkur elektr ta'minoti korxonasi tez fursatlarda kapital ta'mirdan çiqarildi va aholi uçun xizmatga şay qilindi,— deydi “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boş direktori Jahongir Rizayev. — Mazkur binoda bir paytning özida elektr energiyasi iste'molçilarining axborot va yangiliklarga bölgan ehtiyojini tez fursatda qondirilişi hamda jismoniy va yuridik şaxslar, şu jumladan tadbirkorlar tomonidan kelib tuşayotgan elektron murojaatlarni tezkorlik bilan hal etiş uçun şaroitlar yaratilgan.

“Istiqbol” elektr ta'minoti korxonasi 2013 yil 1 iyunda  taşkil topgan bölib umumiy xodimlar soni 76 tani taşkil etadi.

Korxona tasarrufida 548.2 km 0,4-6-10 kV li elektr uzatiş tarmoqlari mavjud bölib jami iste'molçilar soni   – 29745 tani şundan  28485 tasi aholi va 1260 tasi ulgurji iste'molçilar taşkil etadi.

Tabiiyki, elektr energiyasini aholiga uzluksiz va sifatli yetkazib beriş uçun elektr tarmoqlarini tizimli ravişda yangilaş va rekonstruksiya qilib boriş kerak böladi.