2019 yilning 13 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlaşgan Arab Amirliklarining mamlakatdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan favqulodda va muxtor elçisi Muhammad Harib Al-Muhayribiyni qabul qildi.
Suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlaniş istiqbollari, şuningdek, BMT, Islom hamkorlik taşkiloti va boşqa xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-26 mart kunlari BAAga rasmiy taşrifining asosiy natijalari Özbekiston va BAA örtasida yuqori darajadagi işonç va özaro anglaşuv, savdo-iqtisodiy, investitsion aloqalar va madaniy-gumanitar almaşinuvlarning faollaşuvi ekani ta'kidlandi.
Turli darajadagi bölajak ikki tomonlama aloqalarning vaqti va kun tartibi böyiça takliflar yuzasidan fikr almaşildi.
Suhbat söngida vazir Muhammad Harib Al-Muhayribiyni avval boş konsul, keyin esa BAAning Özbekistondagi birinçi elçisi sifatidagi ön beş yillik faoliyatini muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladi va ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga qöşgan şaxsiy hissasi uçun minnatdorlik bildirdi.
Öz navbatida, elçi Özbekiston tomoniga uning BAAning Toşkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyatida kömak bergani uçun minnatdorçilik bildirdi.












