«Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror loyihasi bugun Özbekiston Respublikasi Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida bir ovozdan ma'qullandi. 

Unga köra, endi töyxona, kafe va restoranlarda 50 nafar va undan ortiq şaxs iştirokida tadbir ötkaziş uçun tadbir ötkazuvçi şaxs va töyxona, kafe va restoran rahbari örtasida şartnoma tuzilişi lozim böladi. 

Şuningdek, oilaviy tadbirlarda iştirok etuvçi boşlovçi, söz ustasi, fotograf va boşqalar qonun hujjatlariga muvofiq, şartnoma asosida xizmat körsatadi. 

Oilaviy tadbirlarda diniy mazmundagi ma'ruza közda tutilgan bölsa, uşbu ma'ruza din idorasining vakili tomonidan qilinişi kerak böladi. 
Qaror böyiça, milliy an'analarimizga yot, odob-axloq qoidalariga zid bölgan turli şoularning, oilaviy tadbirlardan oldingi va undan keyingi qöşimça rasm-rusumlarning ötkazilişiga yöl qöyilmaydi.

«Bunda kelinnavkari, çarlar, otakördi, matoyiğdi kabi tadbirlar közda tutiladi», - deya uşbu bandga izoh berdi Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Iqbol Mirzo. 

«Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişni tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror 2020 yilning 1 yanvaridan kuçga kirişi közda tutilgan.