Bugun, 15 sentabr kuni Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça jahon çempionatining ikkinçi kuni davom etmoqda. 

Bugun yunon-rim kuraşi böyiça Olimpiya vazn toifalarida saralaş bahslari ötkazilyapti.

-87 kilogramm vazn toifasida iştirok etayotgan özbekistonlik kuraşçi Rustam Assakalov saralaş bosqiçini panamalik Alvis Albino Almendra Ximenesga qarşi ötkazib, sof ğalabaga erişdi.

Şundan söng, 1/16 finalda Assakalovga musobaqa favoriti, turkiyalik ikki karra jahon çempioni Metexan Başar (2017 yil Parijdagi turnirda -85 kg vaznda, 2018 yili Budapeştda -87 kg vaznda) raqib böldi. Özbekistonlik tajribali kuraşçi bu jiddiy raqibini ham sof ğalaba bilan taslim etdi va nimçorak finalga yöl oldi.

Foto muallifi Anvar Ilyasov
Foto muallifi Anvar Ilyasov

1/8 finalda rossiyalik Aleksandr Komarov ustidan ham sof ğalabaga erişgan Assakalov çorak finalda Tokio Olimpiadasi yöllanmasi uçun gilamga tuşdi.

Çorak finalda unga Kuba terma jamoasi vakili Daniel Gregoriç Eçavarria raqib böldi. Assakalov bu raqib ustidan 4:0 hisobida ğalaba qozonib, yarim finalga çiqdi va şu bilan birgalikda kelasi yili Tokio Olimpiadasida iştirok etiş huquqini qölga kiritdi.

Endi unga yarim finalda vengriyalik Viktor Lorins raqib böladi.

Yarim finalning ikkinçi juftligi ukrainalik Jan Belenyuk va germaniyalik Denis Maksimilian Kudladan tarkib topgan.

Özbekistonning yana ikki vakili ilk bahslardan keyinoq iştirokini töxtatdi, -67 kg vazndagi Mirzobek Rahmatov saralaşda germaniyalik Frank Stayeblerga 1:9 hisobida yutqazdi, -97 kg vazn toifasida Jahongir Turdiyev 1/16 finaldan bahslarga qöşildi, ammo u ilk bahsdayoq rossiyalik Musa Yevloyevga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qöydi.