«Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror loyihasi Özbekiston Respublikasi Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida muhokama qilindi va Senatning 22-yalpi majlisida tasdiqlandi. 

Muhokama davomida sözga çiqqan Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Iqbol Mirzo dabdababozlik holatlarini tanqid qildi.

Uning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan töylar va kortejlar bilan boğliq lavhalar aqli bor odamni huşyor torttiradi. 

«Körinib turibdiki, töy-haşam, ortiqça dabdaba, isrofgarçilik kabi holatlar asrlar davomida bizni taraqqiyotdan ortga tortib kelyapti. Şuning uçun 2018 yildan bu masalaga jiddiy e'tibor qaratib, tegişli qarorlar qabul qilganimizdan xabaringiz bor. 

Lekin biz mazkur hujjatlarda mas'uliyatni asosan jamoatçilik, hududlardagi komissiyalar zimmasiga yuklagandik. Afsuski, natija kutganimizdek bölmadi. Öşa paytda dabdabalar biroz pasaygan bölsa-da bugun yana öşa-öşa baçkanalik, manmanlik, pul soçiş, qator-qator maşinalarda sayr qiliş holatlari avjga çiqdi», deya ta'kidladi senator.

Iqbol Mirzo ayrim fuqarolar dabdabali töy marosimlari va ularni ötkazişga sarflanadigan katta xarajatlar oqibatida qarzga botib, undan qutuliş maqsadida çet elga işlaş uçun çiqib ketayotgani haqida ham gapirdi.

«Endi kamiga yaqinda “papka töyi” degan bemaza marosim ham paydo bölibdi. Bunday marosimlarni taşkil etayotgan şaxslarda tadbirlarni obröliroq joyda ötkazişga, moddiy mavqei bilan maqtanişga intiliş kuçaymoqda», deya yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoga munosabat bildirdi senator.

Yangi qat'iy qarorning qabul qilinişi bu kabi ortiqça va dabdabali holatlarni çeklaşiga umid bildirilmoqda.