Kun.uz Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi (Yergeodezkadastr) hamda uning faoliyati, sohada olib borilayotgan işlar va yeçimini kutayotgan muammolar töğrisida Özbekiston Respublikasi «Yergeodezkadastr» davlat qömitasi raisi Abduşukur Hamidoviç Abdullayev bilan suhbat qildi.

Video: Youtube

Video: Mover (tas-ix)

Qömita raisi suhbat davomida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 1700 gektardan oşiq ekin ekiladigan yer maydonlari tomorqa va boşqa obektlar quriş uçun aholiga pullab yuborilgan holat va Vazirlar Mahkamasining 461-qaroriga asosan Respublika böyiça qança fuqarolarga egalik huquqi berilgania haqida ham gapirib ötdi.

«Yaqinda bu holat böyiça ijtimoiy tarmoqlarda ma'lumotlar paydo böldi. Holat örganib çiqildi. Aslida bunaqa son bölib çiqmadi. 285 gektar yer qişloq xöjaligi yönalişida berilgan. Faqat bir joyda issiqxona qurilişi boşqa bir joyda esa muzxona qurilişiga berilgan. 27.5 gektar haqiqatdan ekin yeri hisoblangan yer boşqa maqsadlarda berib yuborilgan. Bu holat böyiça prokuratura protesti kiritilib, jarayon töxtatilgan. Ayrim mutasaddilarga nisbatan iş körib çiqilyapti, lekin jinoyat işi oçilmagan. Kadastr sohasi, ya'ni bizning sohamiz bu holatni çuqur örganib çiqdi. Bu holat böyiça bizning xodimlarimizni umuman aloqasi yöq.

Şuningdek, yaqinda özboşimçalik bilan egallab olingan yerlarga nisbatan bir martalik aksiya yoki amnistiya e'lon qilindi. Agarda birovning yerini egallamagan bölsa, himoya zonalariga tuşmagan bölsa, uzoq yillar davomida yaşab kelgan fuqarolarga Vazirlar Mahkamasining 461 sonli qarori böyiça bir martalik aksiya ötkazildi va ularga imkon berildi. Qarorga muvofiq butun respublikada böyiça ilgari yeriga egalik huquqi bölmagan 500 ming nafar fuqarolarga egalik huquqi berildi. Qariyb bir millionga yaqin ariza tuşgan. Yana ayrim qismi bor. Ular hozir jarayonda. Şu yerda bir holat bor. Köpçilikda «kadastr uy-joyimning hujjatini qilib beriş uçun oldi, lekin oxirigaça qilmadi» degan tuşunça bor. Aslida öşa joyni çiqib örganiş kadastrga topşirilgan. Kadastr xodimlari özboşimçalik bilan qurilgan binosini, yerini borib köradi va şu böyiça xulosa qiladi. Şundan söng öşa joydagi bölgan xatlovni tuman komissiyasiga beradi. Tuman komissiyasi körib çiqib, ijobiy xulosa bersagina tuman hokimiga çiqariladi. Hokim keyin egalik huquqi berilişi böyiça qaror qabul qiladi. Mana şu jarayon çözilgan holatlari komissiyalarda turibdi. Yoki komissiyalar xulosasini bergan, hokimlar qaror qabul qilişni töxtatib turgan holatlar bor. Fuqaro kadastr çözib yuribdi, deb öylaydi. Fuqarolarning 80-85 fozida şunaqa holat. Aslida bu holatda kadastrning heç qanday aloqasi yöq