Qozoğistonning Nur-Sulton şahrida sport kuraşlari böyiça bölib ötayotgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi ilk medalni qölga kiritdi.

Yunon-rim kuraşi böyiça -72 kilogramm vazn toifasida finalga çiqqan özbekistonlik Aram Vardanyan hal qiluvçi bahsda rossiyalik Abuyazid Mansigovga 0:9 hisobida yutqazib qöydi va musobaqaning kumuş medali bilan kifoyalanadigan böldi. Bu Özbekiston terma jamoasining jahon çempionatidagi ilk medali böldi.

Saralaşda Aram Vardanyan avvaliga Ruslan Ahamalyiyeni (Belarus) 9:1, 1/8 finalda Hu Jung Jangni (Xitoy) 8:0 hisobida yengandi. Çorak finalda u germaniyalik Feliks Vidmayerdan, yarim finalda esa bolgariyalik Aik Mnatsanyandan ustun kelgandi.

14 sentabr kungi bahslarda -82 kg vazn toifasida yarim finalga yetib borib, gruziyalik Laşa Gobadzaga yutqazib qöygaç, bugun bronza medal uçun gilamga çiqqan Nurbek Hoşimbekov xitoylik Xaitao Tsian bilan kuraşib, mağlub böldi (tuşe) va medalsiz qoldi.

Bugun bölib ötgan bahslarda -87 kg vaznda iştirok etgan Rustam Assakalov yarim finalga qadar yetib borib, Tokio olimpiadasi yöllanmasini qölga kiritgandi. Ammo Assakalov final ostonasida vengriyalik Viktor Lorinsga yutqazdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Qoidaga köra, sönggi ball ustunligi bilan ğalaba vengriyalik kuraşçiga taqdim etildi.

Endi Assakalov ertaga bronza medali uçun kuraşadi.