Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş boşqarmasidan olingan ma'lumotga köra, 2019 yilning 11 sentabr kuni Sirdaryo viloyati IIB tezkor xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda viloyatning Boyovut tumanida tezkor tadbir ötkazgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, uning natijasida 1969 yilda tuğilgan A.B. 2 kg. 201 gr. marixuana giyohvandlik vositasini öz uyining tomorqasida saqlab kelayotganligi aniqlandi va uşbu giyohvandlik vositasi aşyoviy dalil sifatida olindi.
Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.












