Buyuk Britaniyaning Midlsbro şahrida istiqomat qilayotgan, öz tanasi ustida uzoq işlagan Darren Makklintok vaznini 133 kilogrammgaça kamaytirişga muvaffaq böldi. Garçi bu vazn ham kiçik körsatkiç hisoblanmasa-da, u oldingisidan ança kam.
Laqabi Dibsi bölgan fast-fud işqibozi özini epaqaga keltirişga majbur bölgan. Çunki baqaloqning hayoti jiddiy xavf ostida qolayotgan edi.
U vaznining deyarli yarmi — 120 kilogrammini yöqotdi va 57 ming kişi orasida «Buyuk şimol yugurişi»da qatnaşişga ham ulgurdi.

Semizlik uni muqarrar ölimga olib borişini anglaganida Darren öz dösti — professional murabbiy Mark Hindga murojaat qilgan. Ustozi darhol taşabbusni qölga olgan va şahardagi barça fast-fud restoranlariga Darrenga xizmat körsatmaslikni tayinlab çiqqan. Şu kundan boşlab unga köçada taomlaniş taqiqlangan.
Dibsini qutqaring. Semizlik uni öldiradi. Unga xizmat körsatmang.

Darren öz ratsionidan fast-fudni yöqotgaç, uning örniga soğlom parhezni qabul qilgan va maşqlar bilan şuğullana boşlagan, deb yozadi Teeside Live. Berilgan qurbonliklar bunga arzirdi. 8 sentabr kuni Darren «buyuk şimol yugurişi»da iştirok etib, finiş marrasini 2 soatu 43 daqiqada kesib ötgan.
«Menda hammasi joyida! Töğri, oyoqlarim biroz oğrib turibdi. Yölda menga yordam berişdi, faqat ma'nan. Meni qöllab-quvvatlaşadi, deb sira öylamagan edim. Bu kutilmagan hol», degan u.

Oziş uçun kuraşib uzoq yöl bosgan Darren endi keskin ozişdan söng osilib qolgan ortiqça terilarini yöqotiş uçun operatsiyaga pul töplay boşlagan.











