Foydalanilgan avtomobillarning «kulrang» bozorida yangilik böladimi?
Iqtisodçi va tahlilçi hamda mustaqil ekspert Igor Tsoy nega bizda foydalanilgan avtomobillarning qoloq bozori hali ham saqlanib qolayotgani töğrisida.
Ertami-keçmi ayrim odamlar oldida foydalanilgan va yangi avtomobilni xarid qiliş borasida tanlov masalasi yuzaga keladi. Va qaror qabul qiliş, odatda, unçalik ham oson bölmaydi.
Yaqindagina yangi avtomobillarni xarid qiliş uçun navbatlar, maşinalar kelişini uzoq vaqt kutiş, «şapka» kabilar bor edi. Bu odamlarni avtomobil xarid qilişning noqonuniy qinğir yöllariga murojaat qilişga yoki maşinani avtomobil bozorida xarid qilişga majbur qilar edi. Ammo vaziyat önglanmoqda. Va bugungi kunda avtomobilning bölajak sohibi ikkilanib qolmoqda: nima xarid qilgan ma'qul, yangi maşinami yoki foydalanilgan maşinami?
Mana sen qanday ekansan, foydalanilgan maşinalar bozori
Avtomobillarning ikkilamçi bozori murakkab iqtisodiy tizimning bir qismi hisoblanadi. Bir tomondan, u erkin bozor xususiyatlariga ega, unda narx talab va ehtiyojning özaro ta'siri natijasida yuzaga keladi. Boşqa tomondan, uşbu bozordagi faollik va narx mamlakatdagi umumiy iqtisodiy vaziyatga, avtomobillarning birlamçi bozoridagi vaziyatga, qonunçilikdagi özgarişlarga va umuman iqtisodiyotga ta'sir körsatuvçi boşqa omillarga boğliq.
«Özavtosanoat» raisining örinbosari Umidjon Salimovning xabariga köra, 2017 yilda Özbekistonda avtomobil bilan ta'minlanganlik darajasi 1 ming kişiga 83 avtomobilni taşkil qilgan (Qozoğistonda 1 ming kişiga 250 avtomobil, Rossiyada 1 ming kişiga 334 atomobil).
Ikkilamçi avtomobil bozorining peşqadami şubhasiz özimizning Chevrolet markasi hisoblanadi. Bejizga Özbekistonni «oq Şevrole mamlakati» deb aytişmaydi. 2019 yilning yanvar-iyul oylari mobaynida uşbu markadagi avtomobillar foydalanilgan avtomobillar bozorining 53 foizini egalladi. Ikkinçi örinda LADA markasi, uning soliştirma hajmi avtomobillar ikkilamçi bozorining 19,2 foizini taşkil qiladi.

Rossiyada, 2019 yilning 7 oyi yakunlari böyiça, yurgan yengil avtomobillar bozorida LADA 2114 eng ommabop model bölib qolmoqda, uşbu davrda uning sotuvlar körsatkiçi 77,1 ming donani taşkil qildi. Ikkinçi örinda foydalanilgan Ford Focus avtomobillari (74,3 ming dona).
Foydalanilgan maşinalar bozoriga özgarişlar nisbatan kamroq ta'sir qiladi: narxi yangisiga nisbatan sekinroq ösadi, unçalik keskin pasayib ketmaydi. Ötgan yili mamlakatimizda yangi avtomobillar sotuvlari 1,5 baravarga ösdi, foydalanilgan avtomobillar sotuvlari esa – taxminan 10 foizga ösdi. Şu bilan birga 2018 yil yakunlari böyiça ikkala bozorning pul körinişidagi hajmi taxminan bir xil böldi – 1,9 mlrd dollar (Rossiyada yangi va foydalanilgan avtomobillar sotuvining hajmi teng – taxminan har biri 35 mlrd dollariga teng).

* - baholaş;
** - 2019 yil yanvar-may holatiga köra;
*** - 2018 yil yanvar holatiga köra;
**** - 2019 yil yanvar holatiga köra.
Yurgan avtomobillarning ança «navqiron» yoşda sotilişi Özbekistonda avtomobillarni, şu jumladan «temir-tersakka» aylangan avtomobillarni olib kiriş uçun import bojxona bojlarining va aksiz soliqlarining ta'qiqlovçi stavkalari mavjud bölganligi va hozir ham borligi bilan izohlanadi.
Bundan taşqari, Qozoğiston, Rossiya va Ukrainada işlab çiqarilgan avtomobillar uçun ST-1 kelib çiqiş sertifikati taqdim etilganda, bojxona rasmiylaştiruvida imtiyozlar amal qiladi. Agar avtomobil Özbekiston bilan erkin savdo hududi töğrisida şartnoma imzolagan mamlakatda işlab çiqarilgan bölsa ham imtiyozlar taqdim etiladi.
Bu arzon narxlardagi yengil avtomobillarning taklif qilinayotgan assortimentini kengaytirişga olib keldi, va köpçilik avtomobil egalarida Chevrolet markasini boşqasiga özgartiriş yoki uni yangilaş istagi paydo böldi.
Rossiyaning «Avtostat» tahliliy agentligining ma'lumotlariga köra, Özbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirmaydigan mamlakatlar örtasida Rossiyada yiğilgan avtomobillarni import qiliş böyiça birinçi öringa çiqdi. Misol uçun, 2019 yilning birinçi yarmida respublikamizga Rossiyadan, asosan LADA markasidagi 4,3 mingta avtomobil olib kirilgan, bu ötgan yilning xuddi şu körsatkiçidan 30 foizga köp.
Öz bozorimizdan farqli ravişda, RF foydalanilgan maşinalarning zamonaviy sotuv bozori şakllana boşladi. Masalan, ötgan yilda 760 mingta avtomobil rasmiy dilerlik markazlari orqali sotilgan edi. Buning ustiga bozorning uşbu segmenti faol rivojlanmoqda. Ikkilamçi bozorda sotuvlardan tuşgan foyda 15 foizga yetadi, bu esa uni avtomobillarning çakana savdosi uçun manfaatli qiladi.
Bizda esa avtomobilni sotiş – bu sotuvçining şaxsiy muammosi. Garçi maşinani çegirma bilan darhol xarid qiluvçi juda köp vositaçi – olibsotarlar bölsa ham. Foydalanilgan avtomobilni xarid qilişda ham kutilmagan «sovğalar»ga duç keliş mumkin.
Erkak avtomobil haqida orzu qiladi. Ayol ham...
Avtomobil – u bir döst, şuning uçun foydalanilgan avtomobilni tanlaşga jiddiy yondaşişadi. Ikkilamçi bozorda vaziyat şundayki, yaxşi avtomobillar darhol olibsotarlarga ketib qoladi, agar egasining özi sotadigan bölsa, u holda bunday maşinalarning narxi nisbatan baland böladi.
Ekspertlar hamjamiyati – foydalanilgan avtomobilning narxi, asosan, uning işlab çiqarilgan yiliga boğliq böladi, - degan fikrda yakdil. Qolgan omillar, şu jumladan, bir qaraşda muhim köringan avtomobilning bosib ötgan masofasi kabi omil ham unça katta ta'sir körsatmaydi.

Har yili bosib ötiladigan masofaning me'yoriy körsatkiçi 10-15 ming kilometrni taşkil qiladi, - deb qabul qilingan. Işlab çiqarilgan yilini bilgan holda, bunday avtomobilning taxminiy bosib ötgan masofasini hisoblab çiqiş oson. Masalan, 10 yillik avtomobil 100-150 ming kilometr yöl bosgan böladi. Uşbu körsatkiçlardan ança farq qilgan taqdirda, masofa orqaga qaytarilganlik ehtimoli yuqori böladi.
Salon qay ahvolda ekanligiga e'tibor qaratiş zarur. Agar ön yillik maşinaning odometri 30 ming kilometr bosib ötganini körsatsa-yu, ammo salonning holati juda yomon bölsa, u holda spidometrning körsatkiçlari özgartirilgani ehtimoldan holi emas.
Foydalanilgan avtomobilni xarid qilişda alohida e'tiborni yuridik jihatdan tozaligiga, hujjatlarda va avtomobilning özida barça raqamlarning mos kelişiga, kuzovning söngra dvigatelning holatiga (bahosi böyiça kuzov, undan keyin dvigatel maşinadagi eng qimmat detal hisoblanadi) alohida e'tibor qaratiş lozim.
Umuman olganda avtomobilni tanlaş uçun mutaxassisni taklif qiliş maqsadga muvofiq böladi: keyinçalik «toyçoq»ni kerakli darajaga yetkazişga katta mablağ sarflagandan köra, yaxşisi unga maslahati uçun pul tölagan ma'qul.
Haqiqatan, foydalanilgan avtomobilning narxi işlab çiqarilgan yiliga boğliq. Ammo uşbu qoida uzoq vaqt Özbekistonda amal qilmadi. Qiziği şundaki, eski maşinani yangi maşina narxida va hatto undan ham qimmatroq sotiş mumkin edi.
Avtomobillarning birlamçi bozori yurgan maşinalar narxining şakllanişiga jiddiy ta'sir qilar edi. Bundan taşqari, avtomobillar tanqisligi muhim örin tutardi. Bu avtomobillarni sotişda poraxörlikning rivojlanişiga imkoniyat tuğdirdi. 2018 yilning may oyiga qadar Ravon avtomobillari Rossiyada Özbekistonga nisbatan arzon sotilardi. Özavtosanoatda e'tirof etilganidek, eksport zarariga işladi.
Eksportdan körilgan zarar içki bozorda avtomobillarni yuqori narxlarda sotiş evaziga qoplanar edi. Narxlarning doimiy ösişi şunga olib keldiki, köpçilik aholi «Eski maşinani yangi maşinaning narxidan balandroq narxda sot» qabilida öziga xos tadbirkorlik bilan şuğullana boşladilar. Maşinalar yoppasiga sotib olinardi, bir-ikki yildan keyin yangi narxlarda, «şapka»ni hisobga olgan holda sotilardi. Narxlar ikkilamçi bozorda şu tarzda şakllanar edi.
Amalga oşirilayotgan islohotlar öz avtomobil işlab çiqaruvçilarimizni ham qamrab oldi. Kadrlarning örni almaştirildi, tannarxni pasaytiriş çoralari körildi, dilerlar bilan munosabatlar maqbullaştirildi, onlayn sotuvlar tizimi joriy etildi. Maşinalar erkin sotuvda paydo böldi, yetkazib beriş muddatlari keskin qisqartirildi, mansab vakolatini suiiste'mol qiliş va poraxörlik zaminiga barham berildi.
Mamlakatimiz avtosanoati mahsulotini sotiş uçun asosiy bozor bölib içki bozor hisoblanadi. UzAuto Motors faoliyatining tartibga solinişi ikkilamçi bozorda narx belgilaşni tartibga solişga imkon berdi va işonç bilan aytiş mumkinki, foydalanilgan avtomobilni salondagi yangi avtomobil narxida sotiş kabi vaziyat ötmişda qoldi. Avtomobilning sarmoyaviy jozibadorligi ham ötmişga aylanyapti: çunki yildan yilga uning bahosi tuşib boraveradi-da. Biroq, agar gap nodir avtomobillar haqida emas, balki ommaviy tarzda işlab çiqariladigan avtomobillar haqida ketayotgan bölsa, aynan şunday bölişi kerak. Avtokreditlaş rivojlanişi bilan jismoniy şaxslardan avtomobilni ijaraga oliş ham manfaatli bölmay qoladi.
Heç narsa sizning maşinangizni qöşnining yangi maşinasidek qadrsizlantirmaydi...
Yangi maşina... Yangi avtomobilning hidi... Uning yaltirab turişi... Lekin baribir foydalanilgan, ammo işonçli maşinani xarid qilgan yaxşiroqmi?
Avtomobilning işonçliligi – bu texnik-foydalaniş sifatlarini saqlab qoliş xususiyatlari va işlab çiqaruvçi-zavod tomonidan belgilangan (yoki me'yoriy) masofani bosib ötiş mobaynida foydalanganda öz vazifasini bekamu-köst bajariş demakdir.
Işonçlilikning ilmiy nazariyasi mavjud, u har qanday texnik qurilmalar işini uç bosqiçga ajratadi:
- Buziliş holatlarining jadalligi:
- Kirişiş davri;
- Normal işlaş davri;
- Eskiriş davri.
Birinçi bosqiç – bu kirişiş davri.Avtomobil uçun bu ilk 5 ming kilometr masofani bosib ötiş demak. Bu vaqt içida avtomobil obkatkadan ötadi, va aynan mazkur bosqiçda mavjud kamçiliklar aniqlanadi.
Ikkinçi bosqiç – normal işlaş davri. Bu vaqt içida avtomobil kamdan-kam hollarda buziladi va buzilişlar tasodifiy xususiyatga ega böladi. Bu davr 5 mingdan 150 ming kilometrga qadar bosib ötilgan masofa mos keladi (modelga qarab u 200 ming kilometrga qadar oşirilişi mumkin).
Uçinçi bosqiç – eskiriş davri. Köp haydovçilar «maşina tökilib ketdi» degan iborani işlatişadi: birin-ketin heç bir mubolağasiz barçasi işdan çiqadi. Faqat mukammal ta'mirlaş orqali bunday maşinaning «umrini uzaytiriş» mumkin, ammo iqtisodiy nuqtai-nazardan u har doim ham maqsadga muvofiq bölavermaydi.
Şuning uçun foydalanilgan avtomobilni xarid qilişda asosiy muammo eskiriş davriga qadar qolgan normal işlaş zahirasini aniqlaşning imkoniyati yöqligidan iborat. Eski «işonçli» maşinalarni xarid qilayotganda allaqaçon zahirasi tugagan yoki şunga yaqin maşinani xarid qiliş mumkin. Va bunday maşinaning buzilişi siz yomon maşina tanlaganingizdan emas, balki maşinaning eskirişidan boşlanadi, xolos.
Bu qança köp takrorlasak ham, eng yaxşi maşina – bu yangi maşina. Juda köp hollarda, şunday imkoniyatga ega bölganlar, öz avtomobillarini xarid qilgandan keyin har uç-tört yilda (normal işlaş davrida) yangilab turişadi. Yöq, qayta sotişdan foyda köriş maqsadida emas – buning endi iloji ham yöq, - balki maşinadan xotirjam foydalaniş uçun. Albatta, yangi maşinani tanlaş vaqtida, deyarli barça xaridorlar (hisob-kitoblarga köra 90 foiz) 2 yoki 3 yildan keyin dastlabki narxidan u qança yöqotişi haqida öylab körişadi.
Rossiyaning «Pravilnaya tsena» kompaniyasi «Avtostat» agentligining ma'lumotlarini tahlil qilib foydalanilgan maşinalarni sotiş böyiça qiziqarli tadqiqot ötkazdi. Ikkilamçi bozorda narxi eng kam tuşib ketadigan avtomobillar Janubiy Koreya va Yaponiya avtomobillari hamda Rossiyaning LADA maşinalari ekan.
Har uç yildan keyin maşinalarni almaştiriş imkoniyatiga ega bölmaganlar, yuqorida ta'kidlab ötilganidek, uning işlab çiqarilgan yiliga va bosib ötgan masofasiga e'tibor qaratişlari lozim. Ikkilamçi bozorni norasmiy iqtisodiyotdan çiqariş va trade-in dasturlarini rivojlantiriş yurgan maşina tanlaşda katta yordam körsatgan bölar edi.
Ikkilamçi avtomobil savdosini yoruğlikka olib çiqiş...
Avtomobilni dilerlik tarmoqlari orqali sotiş va xarid qiliş maşina egasiga ham, va ehtimoliy xaridorga ham, davlatga ham manfaatli bölişi uçun foydalanilgan avtomobillar bozori tartibga solinişga muhtoj. Ayniqsa, Rossiya tajribasi foydalanilgan maşinalarning şaffof bozorini rivojlantiriş samarali ekanligini körsatmoqda: dilerlarning sotuvlar uluşi 2014 yildagi 6 foizdan 2018 yilda 14 foizga qadar oşdi.
Rivojlangan xorijiy bozorlarda dilerlar orqali barça yurgan maşinalarning taxminan 30 foizi sotiladi. Bizda ham şunga öxşaş tuzilmalarni rivojlantiriş zarur. Foydalanilgan avtomobillar bozorining deyarli uçdan bir qismi (32,2 foiz) Toşkent şahriga töğri kelişini hisobga olgan holda, buni amalga oşiriş unçalik ham murakkab emas (RF maşinalarining butun ikkilamçi bozorida Moskvaga 5,1 foiz, Sankt-Peterburgga – 3,3 foiz töğri keladi).
Hozir, maşina xarid qiliş uçun, maşina bozoriga boriş kerak, norasmiy dilerlar bilan muloqot qiliş, sotuv töğrisidagi e'longa qönğiroq qiliş, barça tanlangan variantlarni şaxsan borib köriş kerak. RF maşina töğrisidagi barça ma'lumotlarni, ya'ni işlab çiqarilgan yili, egalik qilganlar soni, bosib ötgan masofasi, majburiyatlarning (lizing, avtokredit, garov) mavjudligi, çeklovlar va jarimalar, yöl-transport hodisasida iştirok etganligi, suğurta va suğurta hodisalari, ötkazilgan texnik köriklar, texnik xizmat körsatiş va ta'mir töğrisida maxsus servislar orqali onlayn oliş mumkin...
Yurgan maşinalarni sotişning mezoni ham özgardi. Endi mijozlarning özi transport vositasining töliq texnik tekşiruvi kabi körsatkiçlarning mavjudligiga, yuridik jihatdan tozaligiga va maşina tarixi tekşirilganiga, qöşimça xizmatlar töplami mavjudligiga e'tibor qaratişadi. Yurgan maşinani sotuv oldi tekşiruvini amalga oşiriş avtomobil savdosida albatta bajariladigan şartga aylanmoqda. Hozirgi vaqtda Rossiyadagi avtomarkazlar foydalanilgan avtomobillarni tekşiruv kartasini rasmiylaştirgan, avtomobil tarixini tekşirgan va dilerdan kafolat taqdim etgan holda, ularga texnik xizmat körsatgandan keyin sotuvga çiqarişadi.
Foydalanilgan maşinalar bozorida şaffoflikni joriy etiş – bu zarurat. Avtomobilning butun tarixi istalgan xaridor uçun oçiq bölişi lozim. Va bu zamonaviy ikkilamçi bozorning asosiy yönalişi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Özbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar haqida»gi qarori Özbekistonning zamonaviy ikkilamçi bozorini şakllantiriş uçun katta rağbat böldi. Qarorda körsatilgan va 2019 yilning 1 oktyabridan amalga oşirila boşlanadigan trade-in dasturi avtoulov egasi tomonidan foydalanilgan avtomobilni rasmiy dilerga topşirganda özimizda işlab çiqarilgan yangi avtomobilni xarid qiliş imkoniyatini nazarda tutadi.
Şu bilan birga avtomobil egasi eski va yangi maşina örtasidagi farqni tölaşi lozim.
Bu juda ham yaxşi taşabbus, u avtomobil bozorini norasmiy vositaçilardan – olib- sotarlardan xalos etadi va maşinalarning yangilaniş jarayonini tezlaştiradi.
Ta'kidlaş joizki, trade-in dasturi an'anaviy körinişda maşina xaridoriga qöşimça çegirmalar taqdim etadi: avtomobil işlab çiqaruvçisi avtomobil bahosining bir qismini u sotilayotganda qoplab beradi. Va bunday savdo tizimi endi Özbekistonda ham joriy qilindi. Bir yil oldin LADA trade-in dasturini amalga oşirişni boşladi, unga avtomobil işlab çiqaruvçisining özi moliyaviy yordam körsatmoqda.
Xotima örnida, yoki foydalanilgan maşinani xarid qilayotganda aldanib qolma
Bir insonga maşinalar juda ham yoqardi. Ammo maşinalar modellaridan biri unga hammasidan köra köproq yoqardi. Çiroyli va yarqirab turgan maşina deyarli har tun uning tuşlariga kirib çiqardi.
Ha, bu özi orzu qilgan maşina edi. Doim u haqda öylardi. Pul yiğiş uçun tinmay işlardi, iş vaqti tugagandan keyin ham, hatto dam oliş kunlari ham işlardi. Va, nihoyat, özi orzu qilgan maşinani oliş uçun yetarli mablağ töplandi.
U barça avtosalonlarga bordi, ammo aynan öşa marka va model yöq edi. Va nihoyat aynan bugun omadim çopadi va özim orzu qilgan maşinani minib ketaman degan ilinj bilan har kuni salonlarga borardi. Ammo kunlar ketidan kunlar, oylar ketidan oylar ötardi, ammo u izlagan maşina hamon yöq edi. Sotuvçilar xijolat bölib, yelka qisişib, – uşbu model işlab çiqarişdan olib taşlangan, endi uni sotmaymiz, - deyişardi xolos. Ammo jon talvasasida qaysarlik bilan tinmay barça avtosalonlarga borardi.
Şu tariqa bir yil ötdi. Va tasodifan, notaniş köçaga adaşib kirib, foydalanilgan avtomobillar sotiladigan salonga duç keladi. Oynadan içkariga qarab u hayratdan qotib qoladi: dökon içida özi orzu qilgan maşina turardi! Aynan öşa markali, xuddi öşa modelda va aynan öşa, ta'rifiga til ojiz ranglisi. U yoritgiçlar nurida jilolanib turardi. Unga hatto maşina ham köz qisib qöygandek tuyuldi. Ha, bu aynan öşa – axir u uşbu maşinani minglab boşqa maşinalar içidan darhol tanib olgan bölardi.
U salonga bostirib kirdi, maşinani gir aylanib, kassaga otildi. U sotuvçidan narxini söraganda, unga narxi ança pastdek tuyuldi. Bunga e'tibor bermasdan, u kartoçkasini çiqardi va xaridni töladi.
Barçasi tamom! Orzuim röyobga çiqdi! Doim bitta maşina haqida öylagan, uni xarid qiliş uçun yillar davomida pul yiqqan va uni topişdan allaqaçon umidini uzgan odam nimani his qilişini bilasizmi? Va nihoyat öşa maşina uning qarşisida turibdi. Yonginasida, juda ham yaqin... U meniki!
U haydovçi örindiğiga ötirdi va mehr bilan rul çambaragiga qölini qöydi. Peşanasini ter bosgan, yurak şiddat bilan urmoqda, barmoqlar şu qadar qaltiraydiki, hatto öt oldiriş tizimiga kalitni bir martada solib ham bölmayapti.
U sekin-asta kalitni buraydi va... heç narsa yuz bermaydi. U yana bir bor urinib köradi. Natija yana öşa. Yuragi orqaga tortib ketadi.
«Unga nima bölgan», - deb söraydi u sotuvçidan.
Va sotuvçi javob beradi: «Uning dvigateli yöq».
Igor Tsoy
Tahririyat fikri maqola muallifi nuqtai-nazariga töğri kelmasligi mumkin.












