«Özşahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi tomonidan hududlarda ehtiyojmand oilalar uçun köp qavatli arzon turar-joy binolari qurib foydalanişga topşirilmoqda. 2019 yilgi davlat dasturi doirasida respublikada 355ta köp qavatli arzon turarjoylar qurilişi belgilangan bölib, şundan 35tasi Toşkent viloyati hududiga töğri keladi. Angren şahridagi 5ta köp qavatli turarjoy binosi qayta rekonstruksiya qilinişi ham dasturdan örin olgan. Bu yil viloyatning Çirçiq va Yangiyöl şaharlarida 10tadan, Bekobod, Ohangaron va Böstonliq şaharlarida esa 5tadan köp qavatli arzon turarjoylar qad rostlamoqda.



Böstonliq tumanida qurilgan zamonaviy arzon uy joylarnining kalitlari öz egalariga topşirildi. Uşbu uylar yoş oilalar, nogironligi bor şaxslar va uy joyga muhtoj bölgan boşqa toifalardagi aholiga 20 yillik imtiyozli kreditlar asosida berildi. Har bir köp qavatli uy 2 va 3 xonali 30 xonadondan iborat. Qurilişda asosan mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan. Sifat nuqtai nazardan zamon talablariga töla javob beradi. Taşqi kommunikatsiya va obodonlaştiriş işlari ham töliq yakunlangan. Uşbu qurilish işlari «Özşahar qurilish invest» injiniring kompaniyasi buyurtmasi asosida “Akobir avto trans” MÇJ quruvçilari tomonidan bunyod etildi.



Tadbirda sözga çiqqan nuroniylar bugungi yangilaniş va bölayotgan islohotlarni e'tirof etişdi. Yangi xonadonlarning sohiblari ulkan quvonç va köz yoşlar ila uşbu bunyodkorlik yillar davomida kutilgan orzusi ekanligini ta'kidlaşdi. Tadbirda kuy-quşiqlar yangradi. Yangi xonadonlar sohiblariga kalit bilan birgalikda qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
















