Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori Mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasining asosi etib qabul qilindi va Mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasi tasdiqlandi.

Xodimlar mehnatiga haq tölaşni taşkil etiş asosi sifatida Mehnatga haq tölaş yagona tarif setkasidan foydalanuvçi taşkilotlar mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kelib çiqib, qöllanilayotgan tarif koyeffitsiyentlari öz vaqtida qayta hisoblab çiqilişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oşiriş töğrisida” 2018 yil 13 oktyabrdagi Farmoniga muvofiq işlab çiqiladigan davlat boşqaruvi organlari, budjet va davlat taşkilotlarining mehnatga haq tölaş tizimini tubdan takomillaştiriş konsepsiyasi loyihasida quyidagilarni nazarda tutadi:
davlat va xöjalik boşqaruvi organlari xodimlari mehnatiga tölanadigan haq miqdorini va ularni moddiy rağbatlantirişning boşqa turlarini aniqlaşga yagona uslubiy yondaşuvni;
ayrim vazirlik va idoralar uçun tarif stavkalariga oşib boruvçi koyeffitsiyentlar, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatga haq tölaş böyiça guruhlari belgilanişi natijasida vazirliklar va idoralar, şu jumladan ularning hududiy bölinmalari örtasida mehnatga haq tölaşda ayni vaqtda mavjud bölgan tabaqalaşuvni bekor qilişni;
moddiy rağbatlantiriş miqdorlarining xodim faoliyati samaradorligining muhim körsatkiçlariga, uning bilim va könikmalariga, bajaradigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligi darajasiga bevosita boğliqligini belgilaşni.

















