Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Samarqand viloyatining Samarqand şahri va Samarqand tumani çegaralarini özgartiriş töğrisida”gi hujjat loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga köra, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Samarqand viloyatining Samarqand şahri va Samarqand tumani çegaralari özgartirilişi mumkin.

Samarqand viloyati Samarqand tumani hududidagi 253,7 gektar (“Qorasuv” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi – 253,7 gektar) yer maydoni Samarqand viloyatining Samarqand şahri tarkibiga ötkaziladi.

Samarqand viloyatining Samarqand şahri va Samarqand tumanining ma'muriy hududi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan tavsiflar va grafik çizmalari asosida tasdiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur qaror bajarilişi bilan boğliq barça çora-tadbirlar amalga oşirilişini ta'minlaydi.