Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonda sport kuraşlari böyiça jahon çempionati davom etmoqda. Unda qatnaşgan özbekistonlik yunon-rum kuraşçilari uçta medal olişdi. Aram Vardanyan (-72 kg) finalgaça yetib borib, kumuş medalni qölga kiritgan bölsa, Rustam Assakalov (-87 kg) va Jalgasbay Berdimuratov (-77 kg) bronza sohibi bölişdi. Özbekistonlik yunon-rum kuraşçilari umumjamoa hisobida ikkinçi örinni qölga kiritişdi.

Yunon-rim kuraşi böyiça milliy jamoa hali heç qaçon jahon çempionatida umumjamoa hisobida kuçli uçlikka kirmagandi. Jamoa nimaning evaziga bunday natijaga erişişdi? Ularning natijasini muvaffaqiyatli deyiş mumkinmi? Bu borada mutaxassislarning fikri bilan qiziqdik.
Yunon-rim kuraşi böyiça Özbekiston milliy jamoasi murabbiylari Nur-Sultondagi musobaqadan qoniqiş hosil qilganliklarini aytib ötişdi. Ularning sözlariga köra, musobaqa boşlanişidan avval Tokio olimpiadasiga ikkita yöllanma qölga kiritiş kutilgan, yakunda uçta yöllanma naqd qilingan.
Murabbiylar jamoaning turnirdagi natijasiga izoh berişdi.
«Bizda odatda bitta medal bölardi. Hali heç qaçon kuçli uçlikka kirmaganmiz. Töğrisi, Nur-Sultonda ikkita yöllanmani möljallagandik va yigitlar bizni xursand qilişdi. Nur-Sultondagi musobaqaga jiddiy tayyorlandik. Avvalo maşğulot jarayoniga özgartiriş kiritdik. Kuç, tezlik, çidamkorlikni rivojlantiriş uçun yangi maşqlar, yangi yuklamalar kiritildi. 5 marta xorijiy yiğinlarda böldik. Rossiyalik, koreyalik sportçilar bilan birga yiğinlarda qatnaşdik. Bu yiğinlarda kuraşçilarimiz jahon, olimpiada çempionlari bilan kuraşişdi.
Kuraşçi qançalik köp kuçli raqiblar bilan yiğinlarda kuraşsa, şunça foydali böladi. Kuçli sportçilar bilan xorijiy yiğinlar doim foydali bölgan. Federatsiyamiz ayni damda Rossiya, Ozarboyjon, Gruziya bilan hamkorlik qilmoqda va bu ham öz samarasini berdi. Qiziği, bu yil Osiyoda ham, jahonda ham ikkinçi böldik»,— deydi milliy jamoa boş murabbiyi Ravşan Röziqulov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.
Birorta oltin olmay qanday ikkinçi böliş mumkin?
Özbekistonlik yunon-rum kuraşçilari qanday qilib birorta oltin medal olmay umumjamoa hisobida ikkinçi bölganiga izoh bersak. Turnir reglamentiga köra, har bir örinni olgan sportçilarga ball beriladi va umumjamoa hisobi mana şu ballar hisobiga şakllantiradi. Şu bois Yaponiya va Gruziya milliy jamoalari ikkitadan oltin medal olgan bölsa-da, Özbekiston umumjamoa hisobida ikkinçi












