Özbekiston turnirni medalsiz yakunladi

Sport kuraşlari böyiça Özbekiston milliy jamoasi Albaniyadagi noolimpiya vazn toifalaridagi jahon çempionatida iştirokini erta yakunladi. Afsuski, mazkur turnir atletlarimiz uçun köngildagidek ötmadi.

2 nafar yunon-rum kuraşçimiz Abdullo Aliyev (-72 kg) hamda Jalgasbay Berdimuratov (-82 kg) bronza medali uçun ötiş bosqiçida imkoniyatni boy berişgan bölsa, erkin kuraşçimiz Mirzo Hayitov (-79 kg) ikkinçi bosqiçida mağlubiyatga uçradi. Şu tariqa, vakillarimiz turnirni medalsiz yakunlaşdi.

Rekordçi Abdulraşiddan 6-çempionlik

Erkin kuraş bahslari rossiyalik taniqli kuraşçi Abdulraşid Sadullayevning 6-çempionligi bilan yodda qoldi. 92 kilogramgaça bölgan vazn toifasida iştirok etgan Sadullayev barça raqiblarini mağlub etişga erişdi. E’tiborlisi, u bu vazn toifasida iştirok etişi haqida sentabr oyida bilgaç, bir yarim oy içida 98 kgdan 92 kggaça vazn taşlaşga erişdi. Şunga qaramay, Abdulraşid Tiranada ajoyib natijani qayd etdi. U finalda JÇ-2022 bronza medali sohibi gruziyalik Mirian Maysuradzega qarşi gilamga çiqib, raqibiga imkoniyat (6:0) qoldirmay, oltin medalga ega çiqdi.

Şu tariqa, Sadullayev erkin kuraş tarixida uçta turli vazn toifasida jahon va Yevropa çempioniga aylangan ilk sportçiga aylanib, rekord qayd etdi. Doğistonlik kuraşçi bungaça -92 kgdan taşqari, -86 va -97 kg vazn toifasida ham çempionlikni qölga kiritgandi.

«Har bir qiyinçilik ortidan bir yengillik keladi. Uç yillik tanaffusdan keyin şohsupaga qaytganimdan xursandman. Bu mening oltinçi oltinim. Yaratganga behisob şukur. Bu ğalaba bilan faoliyatimdagi öta oğir yilga yakun yasadik. Şaxsan men uçun Tiranadagi bu oltin – Olimpiadalardagi ikkita oltinim bilan teng», - deya yozadi Sadullayev.

Umumjamoa hisobi: Yaponiya – peşqadam, Ozarboyjon va Qozoğiston uçlikda

Erkin kuraş, yunon-rum kuraş va ayollar örtasidagi bahslar yakuniga köra, Yaponiya jami 6ta medal – 4ta oltin, kumuş va bronza bilan umumjamoa hisobida 1-örinni egalladi. Ozarboyjon esa 3ta oltin bilan 2-örinni band etgan bölsa, Qozoğiston 1 oltin va 2ta kumuş bilan uçlikdan joy olgan.

Şuningdek, Gruziya, Eron, Xitoy, Fransiya, Möğöliston, Ruminiya va Turkiya önlikdan joy oldi.