Bugun, 20 sentabr kuni, Oliy Majlis Senati binosida töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika komissiyasining dastlabki majlisi ötkazildi. Unda senatorlar va deputatlar tomonidan qabul qilingan “Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida”gi qöşma qarori ijrosini ta'minlaş masalalari özaro muhokama qilindi. Anjumanda Komissiya raisi, senator Iqbol Mirzo qöşma qaror böyiça xalqning munosabati, uşbu hujjatning ahamiyati haqida fikrlarini bildirdi.
“Uşbu qöşma qaror qabul qilingandan keyin ijtimoiy tarmoqda juda köplab muhokamalar böldi. Asosiy kötarilgan masala bu fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan erkinlik huquqlarini çeklab qöymaydimi, degan munozaralardir. Bu çeklovlarni yoqtirmagan odamlar turli yöllar bilan nayrang qilişga harakat qilişdi. Yuristlarimiz bu fikrni keskin rad qilib, bu yerda insonning heç qanday huquqlari buzilmaganligini asoslab berişdi. Biz odamlarga töyini tartibli ötkazişlarini, ortiqça dabdaba qilib kambağal odamlarning izzat-nafsiga tegmasliklarini, boşqalarning tinçini buzmasliklarini sörayapmiz, xolos. Ularni insofga qaytarmoqçimiz. Agar insofga çaqiriş Konstitutsiyaga zid kelsa, buni alohida körib çiqiş kerak.

Muhokamalarga sabab bölgan ikkinçi masala - töylarga içki işlar xodimlari aralaşuvi. Maqsad töy haqida içki işlar boşqarmalarini xabardor qilib qöyişdir. Ularning vazifasi töy kortejlari harakatlanayotganda xavfsizlikni ta'minlaş, töyxonalarda tartibni saqlaş hisoblanadi. Odamlar içki işlar xodimi töyxonalarga kirib mehmonlarni sanaydimi, degan fikrga borişyapti. Unday emasligini töğri tuşuntirişimiz kerak.
Ötgan yili tuzilgan komissiya öz faoliyatini davom ettiradi. Har bir hududda vakillar bor. Bizga qöyilayotgan talab şuki, odamlarga ortiqça vahimalarsiz, töğri tuşuntira olişimiz kerak. Boylar şunaqa dabdabadi töylarni ötkazayotganligi uçun jamiyat ikkita tabaqaga ajralib qoldi. Bu uruşsiz mamlakatni xonavayron qiliş deganidir. Töylarimiz bizni şunaqa axvolga olib kelib qöydi.
Iqbol Mirzoning ta'kidlaşiça, senator va deputatlarning uşbu qarori xalq uçun juda zarur edi. Ba'zi odamlar boşqa muhim va hal qilinişi zarur bölgan masalalar ham bor, qonun çiqaruvçilar bekorçimi, deb iddao qilişdi. Aslida, bu muammo ança yillardan beri xalqni ezib kelyapti va u tartibga solinişga muhtoj.









