Sobiq Ittifoq davrida köp farzand dunyoga keltirgan ayollarga berilgan «Qahramon ona» ordeni Özbekistonda qaytadan joriy etilişi mumkin.

Bugun, 20 sentabr kuni parlament qömitasi qabul qilgan qaror asosida mazkur masala yuzasidan aholining fikri örganiladi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Senatning Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi bu borada «Oila» ilmiy-amaliy markazi, Xotin-qizlar qömitasi, «Ijtimoiy fikr» markazi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşiga topşiriq berdi.

Unga köra, sanab ötilgan taşkilotlar 2 oy muddatda mazkur masala böyiça jamoatçilik fikrini örganib çiqişlari lozim. Jarayonga nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari ham jalb etiladi.

Qarorga asosan, «Qahramon ona» ordeni davlat va jamiyat hayotida fidokorona mehnat qilgan, odob-ahloqli va yuqori ma'naviyatli farzandlarni tarbiyalagan onalar xizmatini yuksak e'tirof etiş va taqdirlaş maqsadida ta'sis etilişi taklif qilinmoqda.

Şuningdek, köp bolali oilalarga nisbatan manzilli davlat siyosatini yuritiş maqsadida ularni hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy etiş masalasini ham örganiş böyiça qator idoralarga vazifa yuklatildi.

Unga asosan, endilikda Özbekistonda:
– köp bolali oilalarning elektron reyestri şakklantirilişi va doimiy ravişda yuritib borilişi,
– bunday oilalarga körsatilayotgan ijtimoiy kömaklar hajmi tahlil qilib borilişi,
– köp bolali oilalarga körsatilişi zarur bölgan kömaklar töğrisida ma'lumot yiğiş masalalariga köproq etibor qaratila boşlanişi mumkin.

Ma'lumot örnida, «Qahramon ona» ordeni SSSRda 1944 yilda, demografik inqirozning oldini oliş maqsadida ta'sis etilgan bölib, 10 yoki undan köproq bolani dunyoga keltirgan onalar öninçi farzandi 1 yoşga tölgan va qolgan bolalari hayot bölgan taqdirda mazkur orden bilan taqdirlangan. Mukofot egalariga qator imtiyozlar joriy etilgan.

Ayrim ma'lumotlarga köra, 1944-1991 yillar davomida Özbekistonda yuz mingga yaqin onaga «Qahramon ona» ordeni berilgan. Şuningdek, sovetlar davrida beş nafardan köproq bola tuğgan onalarga uç darajali «Onalik şuhrati» medali ham berib kelingan.