20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining Fan, ta'lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitasi yiğilişida ayollar salomatligini mustahkamlaş va oilalarning tibbiy madaniyatini oşiriş borasida qilinayotgan işlar böyiça Soğliqni saqlaş vazirligining axboroti eşitildi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, vazirning birinçi örinbosari Bahodir Yusupaliyev bergan ma'lumotlar senatorlarni qoniqtirmadi. Jumladan, qömita raisi Zayniddin Nizomxöjayev vazirlik hisobotini uç marta qaytarib yuborganini aytib, muhokamadagi mavzu yuzasidan öz e'tirozlarini sanab ötdi.

«Bizga berilgan ma'lumotlardan quyidagi kamçiliklar aniqlanganiga e'tiboringizni qaratmoqçiman.

Birinçidan, bolalar salomatligini saqlaş borasida olib borilayotgan kompleks tibbiy çora-tadbirlar rejasi işlab çiqilmagan. Masala aytildi, muammolar kölami töğri baholangan, lekin unga erişiş yöl xaritasi yöq.

Maktabgaça va maktab yoşidagi bolalarni çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkaziş, ular orasida profilaktik emlaş tadbirlarini taşkil etiş masalalari töğrisida ma'lumot taqdim etilmagan. Faqat şunça foiz bolalar qamrab olindi, deyilgan. Özi qança, ehtiyoj qança, qaysi hududda degan ma'lumot yöq. Nahotki Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan, boş mutaxassislarimiz tomonidan bu haqda heç qanday ma'lumot töplanmagan?

Berilgan ma'lumotnomani uç marta qaytardim. Vazirlikdan bir yarim betlik ma'lumotnoma berilgan, mana. Bir yarim betlik. Savollar – ikki yarim bet böldi.

Sönggi yillarda gödaklar ölimini kamaytiriş böyiça ijobiy işlar amalga oşirilayotgan bölsa-da, xalqaro reytinglarda mamlakatimiz quyi poğonalarda qolmoqda. Xususan, BMT tomonidan yuritiladigan gödaklar ölimi indeksida 200ta davlat orasida davlatimiz 146-örinni egallab turibdi.

Ikkinçidan, xotin-qizlarning reproduktiv salomatligini saqlaş, xomilador ayollarning soğlom ovqatlanişini taşkil etiş, ularni polivitaminlar bilan ta'minlaş böyiça olib borilayotgan işlar yetarli darajada tahlil qilinmagan.

Ayollarda kuzatilayotgan bepuştlik holatlari, uni davolaş, yordamçi reproduktiv texnologiyalardan foydalaniş tartibi, homiladagi nuqsonlarga erta taşxis qöyiş maqsadida yangi perinatal texnologiyalarni joriy etiş bilan boğliq masalalar yoritilmagan.