Töy-haşamlarni ötkaziş borasidagi çeklovlar köpkari va kuraş kabi umumxalq öyinlariga daxldor emas, deb ma'lum qildi Töylar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar ötkazilişini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi raisi Iqbol Mirzo.

Komissiyaning ilk yiğilişi bugun, 20 sentabr kuni Oliy Majlis Senatida bölib ötdi. Unda qatnaşgan Madaniyat vazirining birinçi örinbosari Ozodbek Nazarbekov belgilangan çeklovlarning köpkari va kuraşga aloqasi bor-yöqligi masalasini aniqlaştiriş maqsadida savol bilan murojaat qildi.

«Ayrim oilalar töy bilan birgalikda köpkari, kuraş öyinlarini ham ötkazadi. Ularda bir paytning özida 10-20 ming, hatto 50 minggaça odam yiğiladi. Odamlarga qozon-qozon oş damlanadi. Tabiiyki, bu - bizning qadriyatimiz.

Endi bitta savol tuğiladi: biz köpkari, kuraş ötkazişni ham taqiqlaymizmi? Agar şunday qilinsa, bu bitta qadriyatimizning yöqolib ketişiga olib kelişi mumkin», – deya izoh söradi Nazarbekov.

Komissiya raisi Iqbol Mirzo savolga javob berar ekan, bu öyinlarni töy-haşamlarga boğlaş notöğriligini aytdi.

«Uloq, kuraş kabi qadriyat darajasidagi xalq öyinlarini ötkazişga heç qanaqa çeklov yöq. Ularni töy-haşamlarga boğlaş notöğri», dedi u.