23 sentabr kuni Özbekiston banklari bir AQŞ dollarini 9 500 sömdan sotişni, 9 300 - 9 400 sömdan sotib olişni boşladi. 

Spot’ning yozişiça, avvalgi hafta oxirlarida dollar 9400 söm atrofida sotilgan.

Amerika valutasi kursi birjada ham ösib bormoqda. 20 sentabr kuni Özbekiston valuta birjasidagi savdolar yakuni böyiça bir dollar 9 441 sömga teng böldi - bu 19 sentyabrdagi körsatkiçdan 12 sömga köp. Savdolar hajmi 112 million dollarga yetdi.

Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 16 sentyabrdan xorijiy valutalarning sömga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga köra, 1 AQŞ dollari 16 sömga kötarilgan va 1 dollar 9411 sömga yetgan.