Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi boşliği örinbosari - xotin-qizlar masalalari böyiça bölim boşliği, polkovnik Umida Abdullayeva YUNISEFning Özbekistondagi vakolatxonasi vakillari, YUNISEF xalqaro psixolog-maslahatçilari Svetlana Rijikova va Gulçehra Niğmatjonova bilan uçraşdi.

Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, uçraşuvda Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, şuningdek “Içki işlar organlari töğrisida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş töğrisida”gi va “Xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari töğrisida”gi qonunlari hamda boşqa bir qator normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boş boşqarmasi tomonidan amalga oşiriş lozim bölgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Amaliy muloqot davomida Toşkent viloyatining Çinoz tumanidagi ösmir qizlarni tarbiyalaşga oid muassasada şart-şaroitlarni yanada yaxşilaş masalasi ham körib çiqildi.

Özbekiston tomonidan respublikada xotin-qizlar örtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatiga kömaklaşiş böyiça YUNISEF loyihasini birgalikda işlab çiqiş taklifi berildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar uşbu loyihani birgalikda işlab çiqiş, qizlarni tarbiyalaş böyiça muassasalar öqituvçilari, şuningdek voyaga yetmaganlar bilan işlaş böyiça içki işlar organlari xodimlari uçun seminarlar va treninglar ötkaziş, xususan bunda Özbekiston Respublikasi IIV Malaka oşiriş instituti imkoniyatlaridan foydalangan holda körib çiqişga kelişib oldilar.