AQŞning öz ustunligiga işonçi va şu bilan boğliq holda öylanmagan qadamlarni amalga oşirişi mumkinligi Rossiya va boşqa davlatlarga boş xavf hisoblanadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu “Moskovskiy komsomolets” naşriga bergan intervyusida aytib ötdi.

“Sen zaif tomonlaringni anglab, muvozanat va umumiy xavfsizlikni saqlaşdan manfaatdor bölsang, bu seni aql bilan iş tutişga undaydi. AQŞ kabi kuçlar balansi sening foydang uçun şakllangan, deb öylasang, miyaga turli, jumladan unça aqlli bölmagan fikrlar kelişi mumkin”, deb aytgan Şoygu.

Vazirning ta'kidlaşiça, axborotlaştiriş va avtomatlaştirişning bugungi darajasida qurollanişni boşqariş tizimida xatolikka yöl qöyiş imkoni yuqoridir. Şu sababli oxirgi vaqtda oldingi qatorga axborot xavfsizligi muammosi çiqmoqda.

Şoygu dunyodagi vaziyatga töxtalib, Rossiyaning hozirda katta kölamli uruşda iştirok etişi masalasi turmayotganiga umid bildirgan.

“Bunday uruşning xavfi va oqibatlari har bir kişiga ma'lum”, deb qöşimça qilgan Şoygu.

Uning ta'kidlaşiça, Rossiya fan va sanoatining taraqqiyoti mamlakatga AQŞga muvaffaqiyatli qarşilik körsatişga imkon beradi. Şu bilan birga, Moskva Vaşington bilan “barça frontlarda” raqobatlaşişga harakat qilmaydi.

“Agar siz AQŞ harbiy budjetini tahlil qilsangiz, ularda katta mablağ butun dunyo böylab joylaşgan turli bazalarga ketişini tuşunasiz. AQŞda bunday bazalardan 170 ta bor”, deb aytgan Rossiya mudofaa vaziri va AQŞning Afğonistondagi operatsiyaga sarflaydigan mablaği deyarli Rossiyaning bir yillik harbiy budjetiga tengligini qöşimça qilib ötgan.