Vazirlar Mahkamasining “Respublika böysunuvidagi Toşkent viloyatining Çirçiq şahrini 2020-2022 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş çora-tadbirlar dasturi töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika böysunuvidagi şaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” 2019 yil 4 iyundagi PF-5738-son Farmoni bilan yuklatilgan aniq vazifalar ijrosini ta'minlaş uçun Çirçiq şahrida 2020-2022 yillarda bajariladigan asosiy tadbirlar quyidagilar etib belgilandi:

birinçidan, Toşkent viloyati Çirçiq şahrining Boş rejasini tanqidiy örganib, yöl-transport infratuzilmasi, şoh köçalar, köp qavatli uylar qurilişi, parklar, bulvarlar, zamonaviy savdo markazlari, infratuzilma obektlari va sanoat zonalarini joylaştiriş masalalarini muhandislik tarmoqlari bilan birgalikda körib çiqib, takliflarni tayyorlaş hamda yaqin 3-5 yillik şaharsozlik vazifalarini belgilab oliş;

arxitekturaviy qiyofani zamonaviylaştiriş, köp qavatli uy-joy fondini sifat jihatdan yaxşilaş, kommunal xizmat körsatiş tizimini tubdan takomillaştiriş, aholiga sifatli kommunal xizmat körsatişni joriy etiş;

muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, xususan içimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarini qaytadan quriş, avtomobil yöllari va içki köçalar holatini yaxşilaş, şahar köçalaridagi massivlarda tungi yoritiş tizimlarini yangidan zamonaviy holatga keltiriş;

içki va şaharlararo yönalişlarda harakatlanuvçi jamoat transportlarining yangi yönalişlarini taşkil etib, aholiga sifatli va qulay transport xizmatlarini körsatişni taşkil etiş;

avtomobil transportida yölovçi taşiş xizmatlarini körsatuvçi yangi xususiy korxonalar taşkil etişga kömaklaşiş hamda taşuvçilar tomonidan zamonaviy jamoat transport vositalarini xarid qiliş uçun imtiyozli bank krediti mablağlarini ajratiş;

ikkinçidan, şaharda ekologik muhitni yaxşilaş, aholi salomatligiga salbiy ta'sirni kamaytiriş çoralarini köriş, kökalamzorlaştiriş, daraxtlarni ötqaziş va yaşil maydonlar, gulzorlar taşkil etiş tadbirlarini amalga oşiriş;

bunda, mazkur tadbirlarni amalga oşiriş uçun şaharlarda oçiq va yopiq yer osti suğoriş tizimlarini barpo etib, irrigatsiya tarmoqlarini bugungi kun talabida qayta tiklaş;

uçinçidan, ijtimoiy soha muassasalari holatini yaxşilaş, binolarini ta'mirlaş, hududlarini obodonlaştiriş, jihozlarini yangilaş, mutaxassislarni malakasini va xizmat madaniyatini oşiriş orqali körsatiladigan xizmatlar sifatini keskin oşirib, bu sohada xususiy sektor uluşini köpaytiriş;