Pokiston boş vaziri Imron Xon Islomobodning 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin AQŞning Afğonistondagi operatsiyasida iştirok etişini “mamlakatining eng katta xatosi” deb hisoblaşini aytdi.
“Biz betaraf bölib qolişimiz kerak edi. Pokiston 11 sentyabrdan keyin AQŞga qöşilib, eng katta xatolaridan birini sodir etgan”, deb aytgan Xon Nyu-Yorkda xalqaro munosabatlar kengaşidagi çiqişida.
Xon xato AQŞ va Pokiston Afğonistonda 1980-yillarda sobiq ittifoqqa qarşi tayyorlangan kuçlarga qarşi kuraşganidan iboratligini aytgan.
“Men boşidan bunga [Afğonistondagi operatsiya] qarşi bölganman. Dastlab biz bu yigitlarni jihod qiliş uçun tayyorlaganmiz va bu ajoyib ğoya bölgan, endi esa biz şu guruhlarga buni terrorçilik demoqdamiz”, deb aytgan Pokiston boş vaziri. U Afğonistondagi ixtilofni harbiy yöl bilan hal qilişni istiqbolsiz deb atagan, çunki bundan Afğoniston tarixi darak beradi.
Xonning aytişiça, Pokiston AQŞning Afğonistondagi amaliyoti sababli 200 mlrd dollargaça yöqotgan. Bundan taşqari, mamlakat 2,7 mln afğon qoçqinini qabul qilişiga töğri kelgan.
AQŞ va uning ittifoqdoşlari 2001 yildan beri Afğonistonda “Tolibon” harakati va boşqa guruhlar, jumladan IŞID va “Al-qoida”ga qarşi operatsiya ötkazib keladi.












