Yaxshi niyatlar bilan zamonaviy uy xarid qildingizmi? Oilaviy biznes uchun kichik bir do‘kon ochdingizmi? Yoki yirik biznes markazida  o‘z kompaniyangizga egamisiz? U holda birinchi navbatda, nimaga e'tibor berish lozimligini juda yaxshi bilsangiz kerak. Albatta, qattiq nazoratga.

Kuzatuv kameralari – O‘zingizning va mol-mulkingizning xavfsizligini ta'minlovchi eng yaxshi vositadir. Turli xil muhim va o‘ta muhim obektlarni qo‘riqlashda, jamoat joylarida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni qisqa muddatda ochishda   video kameralar allaqachon o‘zining samaradorligini isbotlaganligini hech kim inkor qila olmaydi. Yodda tuting, Yurtimiz hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning kariyb  90% foizi videokameralar o‘rnatilmagan joylarda sodir etilmoqda.

“NINE Technology Group” kompaniyasi sanoat hamda turar-joy obektlarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida eng zamonaviy, ilg‘or texnologiyalarni taqdim etmokda. Kompaniyaning asosiy muvaffaqiyati - sifatli qurilmalar, intellektual va texnik resurslarning mavjudligidadir. Kompaniya mijozlarning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda, istalgan korpus, linza va dasturdagi kameralar bilan ta'minlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, yana bir qulaylik jihati – internetdan (Wi-Fi) foydalangan holda  siz o‘zingiz osonlik bilan sozlashingiz va montaj qilishingiz mumkin.

NINE.UZ onlayn do‘koni mijozlarga doimiy tarzda yangi modellarni taqdim etib boradi. Shuningdek, bu yerda siz kuzatuv vositalariga oid istalgan savollarga javob olishingiz mumkin. 

“NINE Technology Group kompaniyasi”  - kuzatuv kameralari hamda boshqa qo‘riqlash tizimlarini O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchi yagona mahalliy kompaniyadir. Kompaniya kuniga 500 dan ortiq kameralarni ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Kompaniya O‘zbekiston Respublikasida “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz turizm”, “Xavfsiz hudud” kabi davlat dasturlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, OTMga kirish imtihonlarini o‘tkazish jarayonini kuzatish, yurtimiz ko‘chalarida yo‘l harakati qoidalarining buzilish holatlarini qayd etishda ham bevosita kompaniya kameralaridan foydalanilmokda.

NINE.UZ orqali nimalarni xarid qilish mumkin:

* Zamonaviy xavfsizlik tizimlari (videokuzatuv kameralari, monitoring, xavfsizlik televideniyasi, masofaviy boshqaruv va h.k);